So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Sanjar Tursunov: "Jarima maydonimizda to'p qo'limga tekkandi" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Jarima maydonimizda to'p qo'limga tekkandi"

AGMK yarim himoyachisi Sanjar Tursunov O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Andijon"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

O'yin yaxshi ruhda o'tdi. "Andijon"ning bunday o'yin namoyish etishini kutgandik, chunki ularning taktikasini o'rgandik. Eng asosiysi — o'zimiz kutgan natijaga erishdik. Bundan xursandmiz.

- Birinchi bo'limda oddiy vaziyatlarda to'p yo'qotdingiz. Bu holat o'yinga moslashishga bo'lgan qiyinchilik tufaylimi yoki maydon holati bilan bog'liqmi?

- Barcha futbolchi xato qiladi. Maydon holati ham ancha noqulay edi. O'zimda ham kamchilik kuzatilgandir. SHunday bo'lsa-da, g'alaba qozondik. AGMKda o'z manfaatimizdan ko'ra jamoa manfaati ustun turadi.

- Gol urgan vaziyatingizdagi standart vaziyat mashg'ulotlarda ishlab chiqilgan reja bo'yicha kiritildimi yoki vaziyat taqozo etdimi?

- Vaziyat shuni taqozo etdi. SHerigim pas bergach, zarba berish uchun qulay vaziyat yuzaga keldi va bundan foydalandim.

- 55-daqiqada raqib burchak zarbasini o'yinga kiritgach, o'z jarima maydoningizda to'p sizning qo'lingizga tekkandek ko'rindi. O'sha vaziyatga oydinlik kirita olasizmi?

- Ha, to'p qo'limga tekkan desam ham bo'ladi, sababi, biroz pastga egilgan va tabiiy holatda edi, to'p qay holatda qo'limga tekkanini hakam ko'rib turgandi. Birinchi bo'limda, raqib futbolchisining qo'liga ham xuddi shunday holatda to'p tekkandi. O'sha vaziyatda hakamga etiroz bildirganimda, hakam sababini tushuntirib berdi. SHu sababdan indamadim.

- Musobaqani ko'p karra g'oliblaridan biri — "Paxtakor" tark etdi. Bu holat g'oliblik uchun imkoniyatlaringizni oshiradimi?

- Musobaqani kim tark etib, kim qolganiga ko'p ahamiyat bermasdan, o'z o'yinlarimizda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика