Sanat SHaripov O'zbekiston chempionatini tanqid qilganidan so'ng, O'FA maslahatchisi deb elon qilindi
31 iyu 2018 09:50
Yangiliklar
Sanat SHaripov O'zbekiston chempionatini tanqid qilganidan so'ng, O'FA maslahatchisi deb elon qilindi
Sanat SHaripov kuni kecha tvitterda quyidagi tvitni yozdi.
"2018 yil hisobidan bugun birinchi marta oliy liga o'yinini ("Qo'qon-1912" - "So'g'diyona") ko'rdim. O'yin sifati, hakamlar, sharhlovchilar o'sha-o'sha...Vaqt to'xtab qolgandek...Biz kimni aldayapmiz?", - deb yozgandi Sanat SHaripov 29 iyul kuni tvitterdagi o'z sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 29 iyul kuni bo'lib o'tgan "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mazkur o'yinni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuvni Qo'qondagi stadiondan turib SPORT telekanali sharhlovchisi Farruh Rasulov sharhlab bordi.
Kecha, 30 iyul kuni O'FA rasmiy saytida Sanat SHaripov O'zbekiston futbol associaciyasi maslahatchisi bo'lgani elon qilindi.
Fikrlar