So’nggi yangiliklar

19:32"Наполи" Майнуга ҳафтасига 40 000 евро тўлашга тайёр  0 19:03Гвардиола: "Ҳоланд Роналду ва Месси билан бир хил даражада"  9 18:40Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ваҳда" (матнли трансляция)  55 18:30Суперлига. "Пахтакор" – "Бунёдкор" 3:0 (Матнли трансляция)  29 18:19Артём Петросян: "Иккита голни ўзимиз рақибга "совға" қилдик"  0 18:03Неъматулла Қуттибоев: "3:0 ҳисобида зафар қучган бўлсак-да, ҳисоб ўйинга яраша бўлмади"  0 17:44ҚПЛ топ-клуби "Бунёдкор" футболчисига кўз тикди  0 17:13Элит ОЧЛ. "Насаф"нинг бугунги рақиби "Ал Ваҳда" охирги марта қачон ютқазганини биласизми?  2 16:57Про лига. "Арал" "Олимпик"ни йирик ҳисобда енгди, Қалмағамбетовдан дубль!  0 16:40"Бавария" рекорд даражада даромад топди  0 16:13"Реал" Гюлернинг муваффақияти учун пул тўлайди: "Фенербахче" билан шартномадаги яширин бонус фаоллаштирилди  1 15:44Аббос Файзуллаев машғулотларга қайтди  3 15:18"Насаф"нинг "Ал Ваҳда"га қарши ягона ўйинида қандай ҳисоб қайд этилган?  10 14:50"Манчестер Юнайтед" "Эвертон" ҳимоячиси учун "Тоттенхэм" билан рақобатлашмоқда  0 13:56"Ланс" собиқ бош мураббийи Англия клубидан кетди  1

Samvel Babayan: "Turnir jadvalida muxlislarimizni xursand qiladigan o'rindamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Turnir jadvalida muxlislarimizni xursand qiladigan o'rindamiz"

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.


- O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Birinchi navbatda "Navbahor" muxlislarini tabriklamoqchiman. Bundan tashqari futbolchilarimni ham qutlash niyatidaman. Ular haqiqiy professional ekanliklarini bugun ko'rsatishdi. Maydonda haqiqiy jang kechdi. Sababi, g'alaba ikki jamoa uchun juda muhim edi. Menimcha, bu o'yin shu paytga qadar chempionatdagi eng qiziqarli uchrashuv bo'ldi. Raqib ko'rsatgan o'yinni ham alohida takidlab o'tish joiz. Ular bizga muammo yaratishdi. Ammo bugun o'yin tashkil qilishda biz bor etiborimizni bir joyga jamlagandik. Ikkinchi bo'lim boshida gol o'tkazib yuborganimiz yaxshi bo'lmadi. Umuman olganda jamoamiz juda yaxshi o'ynadi. Turnir jadvalida muxlislarimizni xursand qiladigan o'rindamiz. Muxlislarimiz o'yinimizdan qoniqishlari uchun barcha ishni qilamiz.

- Boyan Cigerni chap qanot himoyasida o'ynatdingiz. U biroz sekin harakatlandi. Uning o'yini haqida gapirsangiz...

- Umuman olganda, Ciger ko'p qirrali himoyachi emas. U chempionat boshida yomon o'ynamadi. Bu majburiy qaror edi. Ciger maydonga tushishidan oldin faqatgina bir marta mashg'ulotlarda qatnashdi. Uning sog'lig'i bilan muammolari bor edi. Umuman olganda, professional futbolchi qaysi poziciyada o'ynamasin, u murabbiy talablarini bajarishi kerak. Ciger bugun buni uddaladi. Uni almashtirganimizga kelsak, Cigerda sariq kartochka bor edi. Unda ikkinchi sariq kartochkani olish xavfi bo'lgani uchun Boyanni almashtirdik. 

- Siz yaqindagina Diyorjon Turopov bilan shartnoma tuzdingiz. Tarkibda yana yangi o'yinchilar paydo bo'ladimi?

- Diyorjon Turopov masalasiga kelsak, SHaxboz Beg'amov ismli inson bu yangilikni butun mamlakatga elon qilib yubordi. Turopov bilan rasman shartnoma imzolaymiz va buni elon qilamiz. Umuman olganda jamoadagi selekcion ishlar davom etmoqda.

- Marushich borasida "Torpedo" jamoasi bilan muzokaralar bo'layotganini klub elon qilgandi. SHu masalaga to'xtalsangiz...

- "Torpedo" jamoasi Marushichga qiziqib kelayotgandi. Jamoa sport direktori Marushichni anchadan beri kuzatib borayotgandi. U Gruziyada ajoyib mavsum o'tkazdi. Biroq, Marushichning shartnomasi bor va hozirda u "Navbahor" o'yinchisi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика