So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Samvel Babayan: "O'tgan oy tig'iz taqvim payti faqat Superligada ochko yo'qotdik. "Paxtakor" esa bu davrda Superkubokni boy berdi, Pro liga jamoasidan mag'lub bo'lib, kubokdan chiqib ketdi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "O'tgan oy tig'iz taqvim payti faqat Superligada ochko yo'qotdik. "Paxtakor" esa bu davrda Superkubokni boy berdi, Pro liga jamoasidan mag'lub bo'lib, kubokdan chiqib ketdi"

O'zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Navbahor" – "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Hammani g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlar ancha mehnat qilishdi. Natija ham adolatli bo'ldi.

- Maydonni boshqa chiqishdan tark etganingiz muxlislarda Samvel Babayan jamoadan ketdi, degan fikrni uyg'otmoqda...

- SHunchaki kiyimlarimni almashtirdim. Juda ko'p mish-mishlar bo'lyapti, ammo "Navbahor"da shartnomam bor. Bu erda ishlayotganimdan faxrlanaman. SHuncha ishlab, hozirgi natijaga keldik. Hozir butun Osiyo "Navbahor"ni taniydi. Nima uchun ketishim kerak? Hali ancha ishlarimiz bor. Barcha yo'nalishda rivojlanishda davom etamiz. Biz shunday holatga tushdikki, bir oy-u uch kun ichida sakkizta o'yinda maydonga tushishimizga to'g'ri keldi. Bunaqasi o'zbek futbolida birinchi marta. SHuncha yildan beri ishlab, bunaqasini eslay olmadim. PFLdan taqvimni bizga biroz engillashtirini so'radik. Men nolimoqchi emasman. Biroq, biz oxirgi oylardagi g'alaba qozonolmagan o'yinlarimizning barchasida, yani chempionat o'yinlarida adolatsiz tarzda ochko yo'qotdik. Bekobodda 97-daqiqada gol o'tkazdik. G'alaba qozonayotgandik, juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Hakam tushunarsiz tarzda o'yinchimizni chetlatdi. Jizzaxda ham omadsiz o'yin bo'ldi. Bugun g'alaba qozonmaganimizda ham Jizzaxdagidek hodisa ro'y berishi mumkin edi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda birinchi taymni boy berdik, ikkinchi taymda esa raqibdan ustun keldik – durang adolatli bo'lardi. OKMK bilan o'yinning oxirida gol urish uchun etarlicha imkoniyatga ega bo'ldik. Xullas, har bir o'yinda charchoq yoki psixologik tomondan mag'lub bo'lmadik. To'g'risi, menga shunday sharoitda ishlash yoqadi. Strategiya, xarakter ko'rsatish kerak bunday vaziyatda. Endi esa shunchaki statistika haqida gapirsam. "Paxtakor" ham shu davr mobaynida sakkizta o'yin o'tkazdi. Uchta o'yinda mag'lub bo'ldi va bitta durang qayd etdi. Biz esa ikkita o'yinda yutqazdik, ikkita o'yinda durang o'ynadik. Nima demoqchi bo'layotganimni tushunyapsizlar-a? Biz bu vaqt doirasida faqat chempionatda ochko yo'qotdik. "Paxtakor" esa bu davrda Superkubokni boy berdi, Pro Liga jamoasidan mag'lub bo'lib, kubokdan chiqib ketdi. Bunday tig'iz grafikda jamoa har qanaqasiga yo'qotishlarga uchraydi. Psixologiya, charchoq baribir o'z so'zini aytadi. Kimga dardingni aytasan? Iloji yo'q. Oramizda etti ochko farq bor, kurashishda davom etamiz. Biz yarim finaldamiz, OCHL guruh bosqichida o'ynaymiz. Klub, shahar va mamlakat sharafini OCHLda himoya qilamiz. Jamoa obro'sini xalqaro darajaga olib chiqamiz. SHunday holatda men qanaqasiga ketish haqida o'ylashim mumkin? Bugungi kunda "Navbahor"ni ikkinchi o'rin qoniqtirmaydi, chunki ambiciyalarimiz bor. Biroq, kurashishda davom etamiz. Endi bosim haqida gapirsak. Xatto terma jamoa futbolchilari ham bugun o'zlarini ko'rsata olishmayapti, sababi "Navbahor"da o'ynash juda qiyin. Men bu erga insonlarni baxtli qilish uchun kelganman. "Navbahor"da iz qoldirmoqchiman, maqsadlarga erishmoqchiman. Bu erda yangi tarix yaratishni maqsad qilganman. Bu ish sekin-asta amalga oshmoqda. Bu erda ish boshlamagan paytim "Navbahor" qanday holatda edi? Klub 10-o'rinda edi va ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgandi. Hozir esa "Navbahor" mamlakatdagi eng ommabop klub. Klub rahbariyati ham bizni qo'llab-quvvatlamoqda, jamoa o'sishi uchun barcha sharoitni yaratmoqda. Atrofdagi boshqa personajlar esa muhim emas. Men uchun baxt – bu biz Qatardalik paytimiz "Navbahor" stadioniga 10 ming odam to'plangani. Mana shu haqiqiy baxt. Futbol ochko yo'qotishlarsiz bo'lmaydi. Kim kam xato qilsa, o'sha g'alaba qozonadi. Men Namanganda natijaga erishish va insonlarni baxtli qilish uchun ishlamoqdaman.

- Standarda vaziyatlarda juda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, ammo jamoa bu vaziyatlarni gol bilan yakunlay olmadi. Balki, standard vaziyatlar ustida ishlash kerakdir?

- "Surxon" bizga qarshi umuman boshqacha o'yin ko'rsatmoqda. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda "Surxon" hujumlar uyushtirmoqda va raqib futbolchisi birga bir vaziyatga chiqmoqda. Bizga qarshi esa unday emas. Har bir jamoa "Navbahor"ga qarshi boshqacha koncentraciya bilan maydonga chiqadi. Bizda potencial yuqori. CHempionatning oxirgi o'yinida 12 ta burchak to'pi, "So'g'diyona"ga qarshi 13 ta burchak. Biroq, biz bulardan foydalana olmayapmiz. Birinchi taymdayoq o'yin taqdirini hal qilishimiz mumkin. Vaziyatlarni ko'p yaratyapmiz. Biroq, to'p darvozaga kirmayapti. Menimcha, sentyabr oyidan to'p darvozaga kirishni boshlasa kerak.

Reyting: -144   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика