So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  6 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  2 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  9 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Samvel Babayan: "Mana shunday shiddatli bellashuvlar soni oshishi kerak" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Mana shunday shiddatli bellashuvlar soni oshishi kerak"

O'zbekiston Coca Cola Kubogining chorak finali doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Xayrli kech hammaga. Birinchi navbatda barcha o'zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Bugungi g'alabani mazkur bayramga bag'ishlaymiz. Kuchli raqibga qarshi qisqa vaqt ichida ketma-ket ikki marotaba o'ynash juda qiyin. O'yin davomida jamoamiz gol urish uchun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Futbolchilar ko'proq mehnat qildi, o'yin davomida raqib darvozasini 2-3 marta gol urishi mumkin edi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Kuchli jamoaga qarshi o'yinda juda yaxshi o'ynadik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Mana shunday shiddatli bellashuvlar soni oshishi kerak. Bu futbolimizni rivojlanishiga xizmat qiladi. Qolaversa, yoshlarga imkoniyat berganimiz mana shunday darajadagi bahslarda qo'l keladi. Ular tajriba to'playdi. Raqib jamoamiz tarkibida bir qator terma jamoa futbolchilari o'ynamoqda. Mavsum boshida jamoamiz kuchli raqiblarga qarshi bahslarda muvaffaqiyat qozonishini maqsad qilgandik. SHu orqali jamoaning avvalgi mavqeini qaytarishni rejalashtirgandik. Bu bizning birdan-bir vazifamiz hisoblanadi. Biz bunday natijalarga oson erishganimiz yo'q. Aytaylik, bugungi bahs yoki chempionatdagi jadvalimizdan kelib chiqib aytatganim yo'q. Biz katta mehnat evaziga natijalar qayd etmoqdamiz. Eng katta oldimizga qo'ygan maqsadimiz – yoshlarga imkoniyat berishdir. Biz ularga ko'proq ishonch bildirsak, yoshlar o'sishga erishadi. Qiyin va kuchli raqibga qarshi bellashuvlarda tajriba to'plashadi. “Paxtakor” boshqa jamoalardan eng yaxshi futbolchilarni sotib olgan xolos. Bizda boshqacha vazifa – yoshlarni tarbiyalash, futbolimizni o'sishiga xizmat qilish. Qolaversa, “Navbahor”ning mavqeini tiklab olish. Oxirgi 5-6 kun davomida “Paxtakor”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. CHunki biz raqibni juda yaxshi bilardik. Ular sifatli va aqlli futbol ko'rsatadi. O'ylaymanki, bugungi uchrashuvimiz stadionga kelgan yoki televizor orqali tomosha qilgan muxlislarga yoqdi. Ikki jamoa ham juda ajoyib o'yin ko'rsatdi. 

- “Navbahor”da terma jamoa darajasida o'ynaydigan ikkita futbolchi bor. Bular Boltaboev va Iskanderov. Ular sizning qo'l ostingizda yoki “Navbahor”da o'ynayotgani bois, terma jamoaga chaqirilmayaptimi?

- Savol uchun rahmat. Birinchi navbatda barchamiz – murabbiy va futbolchilar milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlab, yordam berish hisoblanadi. Bizning asosiy vazifamiz – terma jamoaga yaxshi futbolchilarni etkazib berishdir. Bu nafaqat bizga va boshqa klublarga ham tegishlidir. Terma jamoaga kimni chaqirish murabbiyga bog'liq. Iskanderov terma jamoada o'ynayotgan futbolchilar darajasida deya olaman. Masalan, SHomurodov, SHukurov, Ashurmatov, Yusupov kabi futbolchilardan kam emas. Jamshid ular singari mahoratli futbolchi. Biz oldinga qadam tashlashda davom etamiz, bizning o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz bor. Asosiysi, jamoa muxlislarini quvontirishda davom etamiz. 

- Bugungi g'alabani sizning jamoangizga taqdim qilgan futbolchi kim deb o'ylaysiz?

- Mening maydon tashqarida ko'rsatayotgan turli xil emociyalarim orqali futbolchilar bilan gaplashayotganimdan dalolat. Bu shunday orqali bir-birimizni tushunamiz. G'alabamizga katta hissa qo'shgan insonni eslab o'tishimiz shart. Aytaylik, o'yindan oldin kelib, men va futbolchilar bilan suhbatlashdi. Bu inson viloyat hokimi hisoblanadi. Hokim jamoaga har tomonlama yordam beryapti. Bu esa o'z natijalarini bermasdan qolmaydi. SHuni ayta olamanki, hokim say-haraktlari futbolimizning yanada o'sishiga xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, men murabbiylar shtabi va jamoa nomidan u kishiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

- “Navbahor” bir gol urganidan keyin jamoangiz himoyaga ko'proq etibor qaratardi. Bugun jamoangiz goldan keyin yana ko'proq hujumkor futbol ko'rsatdi. Bunga sabab muxlislarning qo'llab-quvvatlashimi yoki sizning o'yinga tanlagan uslubingiz shundaymi?

- Umuman olganda, bu bizning o'yinga tanlagan uslubimiz. To'g'ri, men shunday uslubni qo'llayman. Lekin oxirgi 3ta o'yinda jamoa himoyaviy futbolni tanlamoqda. Natijada, ko'p durang natija qayd etyapmiz. Har bir raqibga qarab, taktika tanlanadi.

- Davron Hoshimov jarohat olib maydonni erta tark etdi. Uning jarohati jiddiy emasmi?

- O'ylashimcha, Hoshimovning jarohati jiddiy emas. Umid qilamizki, futbolchi bir necha kun dam olib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'radi.

- Nega mashg'ulotlaringizni yopiq tarzda o'tkazasiz?

- Siz qachon mening mashg'ulotlarimga tashrif buyurdingiz?

- O'yindan bir kun oldingi mashg'ulotlaringiz yopiq tarzda o'tkazildi?

- Men o'yin oldi mashg'ulotlari kuni yopiq tarzda mashg'ulot o'tkazaman. Lekin boshqa kunlari eshigimiz hamma uchun ochiq, jumladan, jurnalistlar uchun ham. Qolaversa, bazamiz ham ochiq. Istagan kishi kelishi mumkin.

Reyting: -41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика