So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  3 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

Samvel Babayan: "Kerak bo'lsa, kuniga 24 soat ishlashimiz zarur" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Kerak bo'lsa, kuniga 24 soat ishlashimiz zarur"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'ylaymanki, "Navbahor"ning o'yini stadionga kelgan muxlislarga manzur keldi. SHu kungacha 3 ta rasmiy o'yin o'tkazgan bo'lsak, bugungina imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, yaxshiroq to'p tepdik. Oldinda ishlar ko'p. Futbolchilarga rahmat aytaman. Natijadan mamnunman. Har bir o'yinda ilk daqiqalardan oxirigi soniyalargacha ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilamiz", – deydi Samvel Babayan.

- Keyingi turda "Navbahor" "Paxtakor"ga qarshi safarda o'yin o'tkazadi. Darhaqiqat, raqib – jiddiy jamoa. "Navbahor" uchshbu o'yinda ham g'alaba qozonishni uddasidan chiqa oladimi?

- Bugungi kunda bizga keyingi raqib kim bo'lishining ahamiyati yo'q. Principimizga ko'ra, har bir keyingi o'yin biz uchun muhim hisoblanadi. 

- "Paxtakor" va terma jamoadagi faoliyatingizdan malumki, turli xorijlik murabbiylarning falsafalaridan foydalangansiz. Bir haftadan so'ng Namanganga Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi keladi. Katanec bilan fikr almashish imkoniyatidan foydalanishni rejalashtiryapsizmi?

- Mening fikrimcha, o'zimizning murabbiylarni rivojlantirishimiz kerak. Jismoniy, taktik tomondan. CHunki murabbiylarimizning salohiyati baland. Hozirda 40 ga yaqin murabbiylarda Pro-licenziyasi bor. Xorijlik murabbiylar nimadir berishi kerak. 

SHu o'rinda, qo'qonlik futbolchilarni ham maqtash joiz. Ular doim chaqilmas yong'oq bo'lib kelgan. Bugun ham maksimal harakat qilishdi. Stadionga kelgan ishqibozlarning ko'zida quvonch ko'rdik. SHuning uchun ham, kerak bo'lsa, kuniga 24 soat, ertalabdan tonggacha ishlashimiz zarur.



Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика