So’nggi yangiliklar

13:16"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас"  2 12:39"Пахтакор" Ўзбекистон Кубоги билан водийда турне уюштирди  0 12:12Бахтиёр Ашурматов: “Пахтакор яққол фаворит, лекин "Бухоро" охиригача курашади”  1 11:47"У осонликча топ-5 чемпионатларига бора оларди". "Пахтакор" ўринбосарлар жамоасининг собиқ мураббийи у билан ишлаган энг истеъдодли футболчи ҳақида  4 11:20Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  3 11:00"Барселона" Ямалга тақиқ қўйди  18 10:39Мурод Исмоилов: “Кубок финалида ҳамма нарса бўлиши мумкин”  0 10:18Александр Мерзляков: "2010 йилги "Бунёдкор"га қарши кубок финалини эсимдан чиқара олмайман, бугун нима бўлишини якунда биламиз"  2 09:55Винисиус "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди  8 09:24Ўзбекистон Кубогини кетма-кет 2 марта ютган мураббийлар. Хомяков бугун улар сафига кирадими?  3 09:02Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг қисқача фикр билдирди  11 08:37Тарихдан бунақаси бўлмаган! Абдуқодир Ҳусанов биринчи ўринга кўтарилиб олди  9 08:11Ямалнинг нима сабабдан "Эл Класико"да ўйини чиқмагани маълум қилинди  20 08:04Деярли бир тайм бир киши кам бўлиб қолган "Ал Иттиҳод" меҳмонда "Ал Насср"ни мағлуб этиб, кейинг босқичга йўл олди  9 07:58А Серия. "Милан"да дуранг, "Наполи"да эса ғалаба  1

Samvel Babayan: "Bugun o'yinning boshidan to oxirgi soniyasigacha vaziyatni nazorat qildik. O'yindagi intriga avvalroq tugashi kerak edi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugun o'yinning boshidan to oxirgi soniyasigacha vaziyatni nazorat qildik. O'yindagi intriga avvalroq tugashi kerak edi"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Janob murabbiy, sizni g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- O'yindan oldin ham aytgandim. Oxirgi paytlarda "Nasaf" va "Navbahor" o'rtasidagi qarama-qarshilik juda qiziqarli kechmoqda va ko'pchilikning etiborida bo'lmoqda. O'yin juda ko'p voqealardan iborat bo'lmoqda. Gollar, chiroyli vaziyatlar. Biz bugun o'zimiz uchun juda kerakli bo'lgan g'alabani qo'lga kiritganimizdan mamnunmiz. Ushbu g'alabani "Navbahor"ning rivojlanishi uchun ko'lidan keladigan barcha ishni qilayotgan, klubni yana o'zbek futboli elitasiga qaytarayotgan Namangan viloyati hokimiga bag'ishlaymiz. SHavkat SHokirjonovich nafaqat "Navbahor", balki butun Namangan futbolini rivojlantirish uchun katta kuch sarflamoqdalar. O'yinga kelsak, chempionat boshidan beri hisoblaganda o'yinning 55% qismida nazoratni o'z qo'limizga olgandik. SHu o'rinda to'p nazoratini emas, umuman o'yindagi nazorat haqida gapirayotganimni qo'shimcha qilmoqchiman. Bugun esa o'yinning boshidan to oxirgi soniyasigacha vaziyatni nazorat qildik. O'ylashimcha, o'yindagi intriga avvalroq tugashi kerak edi. Birinchi va ikkinchi taymda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Marushich avvalroq intrigaga nuqta qo'yishi mumkin edi. "Nasaf"ni ham etirof etish lozim. Ular munosib o'yin ko'rsatishdi. Keyingi o'yinlar ham barchaning etiborida bo'lishiga ishonaman. Muxlislar bu yil juda qiziqarli chempionat guvohiga aylanishmoqda. SHu o'rinda biz ham mavsum avvalidagi maqsadlarimiz tomon intilamiz. "Navbahor"ning oldingi mavqei va ananalarini tiklash, shu bilan birga klub brendini jonlantirishga harakat qilamiz. Hozirgi kunda vazifalarimizning bir qismini uddaladik. Bu "Navbahor" klubining mashhurligi. Marketing tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, "Navbahor" hozirgi kunda eng ko'p tilga olinadigan va muxlislar o'rtasida eng ko'p qiziqishga sabab bo'layotgan klubdir. Stadionga tashrif bo'yicha ham, oynai jahon orqali ham aynan "Navbahor" yuqoridagi ko'rsatkichlar bo'yicha etakchi. Asosiy vazifani bajardik. Turnir jadvaliga kelsak, biz yana birinchi o'ringa qaytdik va bu muxlislarimizga yoqyapti. Biz muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan davom etamiz. 

- "Nasaf"ga bugun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Men boshqa klub haqida aniq bir fikr bildira olmayman. Sababi, bor etiborim aynan o'zim boshqarayotgan jamoada. "Nasaf" albatta yaxshi jamoa. OCHLda ham, chempionatda ham yaxshi harakat qilib kelishmoqda. Bunday barqarorlikka sabab birinchi navbatda kadrlar masalasidir. Jamoa asosini tashkil qiluvchi futbolchilar bir necha yillardan beri birga o'ynab kelishmoqda. Murabbiyga ham o'zini ko'rsatish uchun etarlicha imkoniyat berishgan. SHu sabab ham bugun "Nasaf" barqaror o'yin ko'rsatib kelmoqda. Bugungi o'yinga kelsak, taktika va o'yin borasidagi masalalarni muhokama qilishni chempionat oxiriga qoldiramiz. Hozir esa faqat bir narsa deya olaman: "Nasaf" yaxshi jamoa. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика