So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Salom, Qatar! Mundialning birinchi ishtirokchisi bilan tanishuv Yangiliklar

Salom, Qatar! Mundialning birinchi ishtirokchisi bilan tanishuv

Tarixda ilk bor qishda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga oz muddat qoldi.

Musobaqaning barcha ishtirokchilari malum, shu sabab ularning har biri bilan tanishib chiqamiz.



Qatar!


Ushbu bo'limni mezbon davlat ochib berishi ramziy manoga ega.

Qani ketdik!


Taxallusi — "anorranglilar".

FIFA reytingida 50-o'rin.

Jahon chempionatida debyut qiladi.


A guruhi. Raqiblar: Ekvador, Senegal, Niderlandiya

1-tur, 20 noyabr. Qatar — Ekvador

2-tur, 25 noyabr. Qatar — Senegal

3-tur, 29 noyabr. Qatar — Niderlandiya


Murabbiy va o'yin uslubi


Qatarliklarni ispaniyalik murabbiy Feliks Sanches Bas boshqarmoqda. U futbolda professional darajada o'ynamagan, murabbiylik faoliyatini esa 1996da "Barselona" yoshlari bilan boshlagan.



Bas Qatarga 2006 yilda kelgan va ishni turli xil yoshdagi (yoshlar jamoalari) jamoalardan boshlagan. Ispan 2006 yildan 2013 yilgacha "Espayr" akademiyasini boshqargan (qatarlik sportchilarni tayyorlaydigan superakademiya). SHundan so'ng Qatarning 19 yoshgacha jamoasini qabul qilgan, so'ngra 2017 yilda mamlakatning bosh jamoasiga kelgan. SHunday ekan, u hozirgi jamoaning barcha o'yinchilarini deyarli bolaligidan biladi. Qatarning kuchi ham ana shunda. Bas mahalliylashtirishga qarshi, u o'z yigitlariga ishonadi.

Qatar terma jamoasining o'yin sxemasi: 3-5-2 (shuningdek, 5-3-2ga ham o'tiladi).



O'yin uslubi — "Atletiko" va "Barselona" orasida: jamoa to'psiz o'ynashni biladi, ammo uni o'zida saqlab qolishga ham harakat qiladi va qisqa uzaytmalardan faol tarzda foydalanadi. Qatarliklar o'yinni > 60% to'pga egalik qilish bilan yakunlashlari odatiy hol emas. "Anorranglilar" shuningdek laterallarning agressiv harakatlari hisobiga qarshi hujumlarga ham yaxshi o'tishadi.

Qatarlik o'ng qanot himoyachisining endi to'pni qabul qiladigan argentinalik o'yinchiga qanchalik erta harakat qilayotganini etibor bering, shu bilan birga Qatar jamoasining barcha o'yinchilari to'p chizig'ida ortida turishibdi.



Ko'pincha shunday harakatlar "anorranglilar" uchun to'pni olib qo'yish va ortidan istiqbolli qarshi hujumlar uyushtirish uchun variantlarni taqdim etadi.

Qatarliklar pozicion hujumklarda uzun uzatmalar bilan qisqa paslarni afzal ko'rishadi. Kataloncha o'yin: o'z chizig'ingda qisqa pas bilan o'ynadi va doim pasdan harakat qil — bu nafaqat "Barselona"ga, balki futbol bo'yicha butun Qatar terma jamoasiga ham tegishli. Ispancha tasir shunchaki seziligibgina qolmaydi: "Espayr" akademiyasida "Barsa"ning o'quv-qo'llanmalari bo'yicha tizimli tayyorgarlik o'yinchilarga ushbu o'yin uslubi uchun zarur bazani, yani pas berish va uni qabul qilish texnikasini beradi.


Terma jamoa etakchilari


Qatar terma jamoasi tarkibi to'liqligicha mahalliy oliy liga bo'lmish QSL ("Qatar Stars League") o'yinchilaridan tashkil topgan.


Almoez Ali – jamoaning bosh kuchi va umidi.



Sudanda tug'ilgan 25 yoshli forvard hozirdanoq qatarliklarning bosh to'purari hisoblanadi. Hujumchi Belgiya, Avstriya va hatto Ispaniya (Segunda)da biroz to'p tepdi, 2016 yilda esa uyiga qaytdi va "Yulduzlar ligasi"da "Al Duhayl" sharafini himoya qilmoqda.

Ali hozirdanoq ikki karra Qatar chempioni, Osiyo Kubogi g'olibi va KONKAKAF Oltin kubogining bronza medali sovrindori. Yomonmas, to'g'rimi?

"Anorranglilar" 2019 yilgi Osiyo Kubogida g'alaba qozonishdi, Almoez esa turnirning eng yaxshi o'yinchisi va to'purari bo'ldi. Ali 9ta gol urdi, uning eng yaqin taqibchilari gollar sonini 4tadan oshira olishmadi (jumladan, Eldor SHomurodov ham – 4ta gol). Almoez gollaridan kichik lavhalar taqdim etamiz:




Akram Afif – murabbiy Basning yana bir umidi.



"Al Sadd" hujumchisi deyarli har bir o'yinda gol urgan holda "Yulduzlar ligasi"da "chaqnamoqda".

Ikki hujumchi sxemasida o'ngroqda o'ynaydigan Almoez Alidan ko'ra, Akram terma jamoada ko'proq chapda yoki pleymeyker poziciyasida o'ynashga afzal ko'radi va shu sabab muntazam ravishda Almoezga assistentlik qiladi.

Bu Osiyo Kubogida ham qayd etilgan – Akram Afif 2019 yilda 10ta assist qayd etgan holda musobaqaning eng yaxshi assistenti bo'ldi. Hujumchi finalda ikki assistdan tashqari gol ham urishga erishdi.

Qayd etish kerakki, Akram ham 25 yoshda, uning yo'li huddi Almoez Alinikiga o'xshaydi: Ispaniya bo'ylab turne, Belgiyaga sayohat va Qatarga g'olibona qaytish. Butun tizimga o'xshaydi, shunday emasmi? Va Feliks Sanches Bas ham unga jalb qilingan.


Hassan Abdulkarim – kuchli zarbaga ega "Al Sadd"ning chap qanot himoyachisi.



Haqiqiy mudofaachi 12 yildan beri terma jamoani qo'riqlaydi. U 2018 yilda Osiyo futbolining bosh individual mukofoti bilan taqdirlandi – u Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi! Hasan ushbu mukofotni qo'lga kiritgan ikkinchi qatarlik bo'ldi (Akram Afif 2019 yilda uning muvaffaqiyatini takrorladi). Butun Qatar futboli uchun katta yutuq.

O'sha Abdulkarimning zarbasi:




Qanday qilib Hassan Al Xaydos haqida unutish mumkin – deb so'rashingiz mumkin siz (ammo, katta ehtimol so'ramaysiz ham).

Ammo, baribir so'ragan ekansiz, xavotir olmang! Bizning yodimizda bor!



Hassan Al Xaydos – sardor, rekordchi, to'purar va butun Qatar terma jamoasi muxlislari uchun shunchaki ajoyib inson. U faoliyati davomida terma jamoada 160dan ortiq o'yin o'tkazgan, Hassan o'yinlar soni bo'yicha etakchi va to'purarlik bo'yicha terma jamoada to'rtinchi o'rinda turadi.

Aqlbovar qilmas tarzda sodiq futbolchi – u butun faoliyatini bitta klub, yani "Al Sadd"da o'tkazgan. U tizimga 8 yoshida kelgan, hozirda esa 31 yoshda.

Qatarning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Qatarning bir necha karra chempioni, 2019 yilgi Osiyo Kubogida ramziy jamoadan o'rin egallagan.


Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: jamoaviylik, ko'p yillik tayyorgarlik, uy tribunalari, katta umidning yo'qligi.

Zaif tomonlari: o'yinchilarning past darajasi, JCHda o'ynash tajribasi yo'qligi, bosim ostida o'ynay olmaslik.


SHubhasiz, Osiyo Kubogidagi g'alaba – katta muvaffaqiyat, ammo u jamoaning haqiqiy darajasini ko'rsatadimi? Sababi JCH terma jamoalarning bosh musobaqasi. Unda barcha borini berib, eng yaxshi tarkibi bilan va sovrin yutish ilinjida o'ynaydi.


Qatar aqlli yo'l tutdi: Jamoa o'zi uchun odatdagi Osiyo Kubogidan tashqari Yaponiya terma jamoasi kabi 2019 yilgi Amerika Kubogida maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi. Aqlli yurish shundaki, Janubiy Amerika futbolining katta jamoalariga qarshi kurash olib borish muhitini o'zida sinab ko'rishdi. Qatarliklar o'zlarini Argentina, Kolumbiya va Paragvayga qarshi o'yinlarda sinab ko'rishdi. Hamma JCH mezbonlarining bu erda muvaffaqiyat qozonadigan narsasi yo'q deb o'ylashdi. Paragvayliklar esa zo'rg'a durangni saqlab qolishdi (2:2): "anorranglilar" o'yinda yutqazishayotgandi, ammo hisobni tenglashtirishdi va hatto g'alabani tortib olishlari ham mumkin edi. Eng qiyin o'yin Kolumbiya (0:1) bilan bo'ldi: qatarliklar o'z yarim maydonlariga joylashib, durangga umid qilib o'ynashdi, ammo o'yin so'nggida to'p o'tkazib yuborishdi. Osiyo jamoasi Argentinaga ham mag'lub bo'ldi (0:2), ammo Kolumbiya bilan o'yindan ko'ra ko'proq to'p o'tkazishgan bo'lsa ham, o'yinda yaxshiroq harakat qilishdi: Qatar ochiq o'ynashga va o'z o'yinini o'tkazishga harakat qildi, ammo bunday darajadagi raqibga qarshi o'ynay olmaslik yaqqol ko'zga tashlandi, bunday o'yinlarda xatoga yo'l qo'yib bo'lmaydi va jazo o'zini kuttirmaydi. Umuman olganda, jamoa turnirda o'zini munosib raqib sifatida ko'rsatdi va ular bilan hech kimga oson bo'lmasligini ko'rsatib qo'ydi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика