Saloh "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida gapirdi
21 avg 2022 14:44
Yangiliklar
Saloh "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida gapirdi
"Liverpul" etakchilaridan biri Muhammad Salohni "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin kutib turibdi.
Uchrashuv Angliya Premer-ligasining 3-turi doirasida bo'lib o'tadi.
"Biz top futbolchilardan iborat jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Ular mavsum startida omadsizlikka uchradilar va hozirda faqatgina g'alaba ilinjida maydonga tushadilar. "Yunayted"ni hurmat qilaman. Raqib jamoa muxlislarini xursand qilish uchun bor kuchi bilan kurashishini tushunamiz. Demak, "Liverpul" uchun bo'lajak bahs juda qiyin bo'ladi", - dedi misrlik hujumchi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLni ikkita mag'lubiyat bilan boshlagan, "Liverpul" esa ikki bor durang o'ynagan.
Uchrashuv Manchesterda, 23 avgustga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar