So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Saidjon Abdujabborov: “Xar bir farg'onalik futbolchi “Neftchi”da o'ynashni orzu qiladi” Yangiliklar

Saidjon Abdujabborov: “Xar bir farg'onalik futbolchi “Neftchi”da o'ynashni orzu qiladi”

Yangi mavsum avvalida “Neftchi” safiga kelib qo'shilgan Saidjon Abdujabborov klub bilan rasman kelishuvga erishganidan so'ng jamoa rasmiy sayti uchun ilk intervyusini berib o'tdi.

Futbolchi “Neftchi”dagi orzu va maqsadlari haqida gapirar ekan, xar bir Farg'ona viloyatida tug'ilib o'sayotgan futbolchi “Neftchi” safida o'ynashni orzu qilishini aytib o'tdi

– “Metallurg” tarkibida faoliyat olib borgan kezlarimdayoq “Neftchi”dan chorlovlar bo'lib turardi. Biroq Bekobod jamoasi bilan amaldagi shartnomam bo'lgani sababli Farg'onaga kela olmaganman. O'tgan yili bekobodliklar bilan kelishuvim yakunlandi va “Neftchi” mashg'ulotlariga kelib qo'shildim. SHerzod aka Raimjonovning takliflariga binonan “Neftchi”ga keldim.

O'zim ilk futbol saboqlarini Farg'onada olganman. Keyinchalik Oliy ligani boshqa jamoasida omadimni sinash imkoniyati tug'ilgan. Bir-necha mavsum davomida boshqa klub safida faoliyat olib borib katta futbolda tajriba orttirdim. “Neftchi” jamoasining ravnaqi va rivojlanishi, shu bilan birga muvaffiqiyatli natijalarida o'z hissamni qo'shmoqchiman. “Neftchi” – katta va buyuk tarixga ega jamoa! Fikrimcha, Farg'ona viloyatida tug'ilib o'sayotgan xar bir futbolni tanlagan yigit “Neftchi” safida o'ynashni orzu qiladi.


Jamoada meni iliq kutib olishdi. O'zim farg'onalik bo'lganim uchun jamoadagilar bilan tez kirishib ketdik. Toshkent yig'ini davomidagi o'yinlarda gol urishga ham ulgurdim. Nasib qilsa, yangi mavsumdagi rasmiy o'yinlarda ushbu gollar davomiy bo'ladi. Jamoadagi Javohir Rasulov hamda Husniddin G'ofurov singari futbolchilarni avvaldan bilaman. Ular bilan futbol maktabida birga tahsil olganmiz.

“Neftchi” muxlislari haqida gapiradigan bo'lsam, o'z vaqtida men ham ushbu jamoaga ashaddiy muxlis bo'lganman. “Neftchi”ning OCHL doirasidagi uy o'yinlari bo'ladigan kuni ertalabdan stadion atrofida yurardik. Jamoa muxlislari mana shunday tarzda o'z klublarini sevishadi va undan doim g'alaba kutishadi. Yaxshi niyatlar bilan “Neftchi”ga keldim. Jamoadagi ishonchli o'yinlarim orqali milliy terma jamoamiz murabbiylarini etiborini tortib bosh jamoamiz safida o'ynash ham asosiy niyatlarimdan biri sanaladi. SHu o'rinda meni katta futbolga olib kirgan Rustam Mirsodiqov va SHavkat Saidovlarga katta rahmat aytmoqchiman,  – dedi Abdujabborov “Neftchi” rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика