Ryudigerning boshiga 20 ta chok tushdi
12 okt 2022 14:35
Yangiliklar
Ryudigerning boshiga 20 ta chok tushdi
Germaniyalik himoyachi CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turida Ukrainaning "SHaxtyor"iga qarshi bahsning 95-daqiqasida boshi bilan darvozani ishg'ol qildi va hisobni tenglashtirdi.

SHu tariqa, Madrid klubi nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Biroq buning badali og'ir bo'ldi. Ryudiger boshi bilan zarba bergandan so'ng to'p yo'liga otilib chiqqan raqib darvozaboni Trubin bilan jiddiy to'qnashib ketdi. Natijada ikki futbolchi ham zarar ko'rdi. Ryudigerning boshidan ko'p qon oqdi. Keyinroq ochiqlanishicha, futbolchining boshiga ushbu jarohat tufayli 20 ta chok tushgan.
"Qirollik klubi" 4 tur ortda qolganida 10 ochko bilan "F" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin taqibchisi "Leypcig"dan 4 ochko ko'proq jamg'argan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar