So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Rustam Mirsodiqov: "Bugun hisob 10:10 bo'lishi ham mumkin edi" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Bugun hisob 10:10 bo'lishi ham mumkin edi"

"So'g'diyona" - "Metallurg" (5:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bunday maydonda futbol o'ynash mumkin emas. Bugun menimcha o'yin hech kimga yoqmadi. Ushbu o'yindan rohat olganim yo'q, to'g'ri yoshlarimiz gol urishdi, lekin qoniqish hissi yo'q", - deb gap boshladi Rustam Mirsodiqov.

- Jamoaning maqsadi qanday?
- Bizning doimiy maqsadimiz bitta - chiroyli o'yin ko'rsatib o'z muxlislarimizni xursand qilish. Oldimizga 5 yoki 6-o'rinni olish kabi maqsadlar qo'yilmaydi.

- Bugun maydon holati yomon bo'lsa ham futbolchilaringiz yaxshi o'ynashgadek tuyuldi.
- Tarkibimizda bir nechta futbolchilar jarohat olishgan: Kovalyov, Odilov, Abdullaev, Mamadaliev va Nurmatov esa terma jamoada. Asosiy tarkibning 5ta futbolchisi yo'q. SHu bois yoshlarni maydonga tushirdim, ular borlarini berib o'ynashdi.

- "So'g'diyona" o'tgan turda ham 5:4 hisobida yutgandi. Ko'pchilik turli gap so'zlar chiqardi, vaholanki bunday maydonda ko'p gollar bo'lishi tabiiy...
- To'g'ri aytdingiz. Bunday maydonda hisob 10:10 bo'lishi ham mumkin edi. Bahsni ko'rmaganlar boshqacha hayolga borishlari mumkin. Bunaqa maydonda hisob 15:11 bo'lishi ham mumkin...Bu futbol. Barcha yo'llangan zarba golga aylanishi ham mumkin.

- Mutaxassis sifatida "So'g'diyona"ning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Keyingi turda Jizzax klubi Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'ynaydi. Agar "So'g'diyona" bugungi birinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinini namoyish etsa raqibga ancha qiyinchilik tug'diradi. "So'g'diyona"da yaxshi imkoniyat bor.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика