So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Rustam Akramovning yorqin faoliyatini yodga olamiz Yangiliklar

Rustam Akramovning yorqin faoliyatini yodga olamiz

Teglar :  Rustam Akramov
15 fevral kuni 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston termasi murabbiyi sifatida tarixiy g'alabaga erishgan Rustam Akramov vafot etdi.

Rustam Akramov 1948-yil 11-avgustda Toshkent viloyatining Yangibozor shaharchasida tug'ilgan. 1970-yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining futbol fakultetini tamomlagan. SHuningdek, Moskvadagi jismoniy tarbiya institutida aspiranturada tahsil olgan. 1975-yilda “Selekciya usullari va terma jamoalarni tayyorlash bo'yicha tadqiqotlar” mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.

Aspiranturani tugatgach, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida o'qituvchi bo'lib ishlagan, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullangan. 1978-yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. Bu lavozimda 1987-yilgacha ishlagan. 1984-yilda docent ilmiy unvonini olgan. 1987-1989-yillarda Jazoir milliy universitetining futbol kafedrasi professori bo'lgan. O'sha yillarda Franciyaning “Bordo” futbol klubida murabbiylik mahoratini oshirgan.

Rustam Akramov 1967-1973-yillarda Toshkentning “Politotdel” va “Paxtakor” jamoalari sharafini himoya qilgan. 1974-yilga kelib murabbiylik faoliyatini boshlagan va Moskvaning “CSKA” klubining yoshlar tarkibiga ustozlik qilgan.

Rustam Akramovich 1990-yillar boshida Jazoirda ishlagan, “USM Alger” klubiga (1990-1991) murabbiylik qilgan va Jazoir terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yili futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi tashkil etildi. Yangi jamoaga Rustam Akramov murabbiy etib tayinlandi. Uning rahbarligida O'zbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyo kubogi g'olibiga aylandi.

1994-yilda O'zbekiston terma jamoasi Mustaqillik kubogi xalqaro turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Yil yakuniga ko'ra, Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan yozgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi finalda Xitoy terma jamoasini mag'lub etib, turnir chempioni bo'ldi.

SHu bilan birga, Rustam Akramov Toshkentning “Paxtakor” klubiga murabbiylik qilgan.

O'zbekiston terma jamoasi Xirosimadagi turnirdagi g'alabasidan so'ng, Rustam Akramov davlatimizning “SHuhrat” medali bilan taqdirlandi va “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy” unvoniga sazovor bo'ldi.

1995-yilda Rustam Akramovich Hindiston terma jamoasini boshqarishga taklif qilingan. 1997-yilgacha Hindiston terma jamoasida ishlagan. 1998-yilda OFKning texnik direktori etib tayinlangan. Bundan tashqari, u O'zbekiston futbol federaciyasida terma jamoalar markazi texnik direktori lavozimida ishlagan.

SHuningdek, Rustam Akramov futbolga oid 30 dan ortiq asar, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 6 ta kitob yozgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика