So’nggi yangiliklar

09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  4 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  4 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  7

Ruslan Ahmedov: "Xorazm"dagi legionerimiz mahalliy futbolchilardan ham kamroq maosh oladi" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Xorazm"dagi legionerimiz mahalliy futbolchilardan ham kamroq maosh oladi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (3:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirdi.

"Uchrashuv natijasi adolatli bo'ldi. O'zbek futbolida ruhiyat bilan bog'liq muammo uchraydi. Birinchi goldan keyin himoyaga yotib oldik. Keyin esa indvidual xatolar qimmatga tushdi.  3:2 hisobida yutayotgan paytimizda natijani ushlab qola olmadik. Yigitlarga etirozim yo'q, o'yin uchun rahmat aytaman", - deydi Ruslan Ahmedov. 

- Maydonda teng kuchli jamoalar to'qnash keldi...

- Asror Aliqulovni yaxshi bilaman. To'pni nazorat qilishda  "SHo'rtan" yaxshi jamoalardan. Kelajagi bor klub. Bu jamoa 1-2 yil ichida Superligaga chiqishga davogarlik qiladi. Bizning maqsadimiz "Xorazm"ni yoshartirish. Kuchli beshlikka kirishga harakat qilamiz.

- Yoshartirishga klubning moliyaviy holati sabab bo'lyaptimi?

- Superliga bilan Pro ligani  solishtirib bo'lmaydi. Moliyaviy holatimiz er bilan osmonchalik farq qiladi. Superligaga chiqishga infratuzilma tayyor emas. Mahalliy byudjet homiylik qiladi. Jamoa 2-3 yilda tayyor, qo'shimcha moliyaviy manba bo'lishi lozim. Legionerimiz o'zimizning futbolchilardan ham kam maosh oladi. Yoshi, moddiy tomoni bizga to'g'ri keldi. 

- Durang qoniqtirdimi?

- Albatta. Bu adolatli natija.







Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика