So’nggi yangiliklar

00:22"Сельта" — "Барселона". Таркиблар маълум  0 00:21"Интер" — "Лацио". Таркиблар маълум  1 00:18"Лион" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  57 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  80 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Ruslan Ahmedov: "Biz tanlagan uslub CHempionlar ligasidagi klublar yoki terma jamoalarda ham uchraydi" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Biz tanlagan uslub CHempionlar ligasidagi klublar yoki terma jamoalarda ham uchraydi"

Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "Aral" - "Xorazm" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- O'yin og'ir ruhda o'tishini oldindan bilgandik. Bu havo harorati bilan ham bog'liq, bugun 30-40 daraja issiq bo'lishi kutilayotgandi. Yuqori harorat ikki jamoaga ham o'z tasirini o'tkazdi. Yakkakurashlarda "Aral" futbolchilari biznikialrga qaraganda tezroq harakat qildi. SHu bois, o'yin boshida nazoratni yo'qotib qo'yganimiz sababli gol o'tkazib yubordik. Yigitlarga rahmat, ular harakat qilishdi, ikkinchi bo'limda qarshi hujumlar tashkillashtirishdi. Natija adolatli bo'ldi, deb o'ylayman. 

Jamoaning bugungi o'yinga tashrifdan maqsadi haqida

- SHogirdlarimga doimo "Maydonga g'alaba uchun chiqinglar, boshqa natija bo'lmasligi lozim", deya uqtiraman. G'alaba qaysi ligada bo'lishidan qatiy nazar, futbolchiga motivaciya beradi.

"Xorazm"  hisobni tenglashtirib olgach, vaqtni cho'zishga harakat qildi...

- Natijaga erishish uchun ikkinchi jamoa bo'lib turib qarshi hujumlarda vaziyat yaratishimiz kerak edi. Bu faqat bizda emas, dunyo futboli shunaqa. Hatto CHempionlar ligasi yoki terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda ham qaysidir jamoa natijaga erishish uchun shunday uslub qo'llaydi. 

"Xorazm"ning moliyaviy ahvoli haqida

- O'tgan yilgi hisob-kitoblarni hal qilishdi, ammo yangi mavsumda bu borada biroz moliyaviy tanglik bo'lmoqda. Lekin ahvolimizni yomonmas desa ham bo'ladi. Yaqinda futbolga oid Prezidentimiz qarori elon qilindi, shu bois endilikda jamoaga homiy biriktirilsa kerak.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика