So’nggi yangiliklar

10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  0 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  0 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  2 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  8 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  8 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1

Ruslan Ahmedov: "Biz raqibning himoyaviy uslub qo'llashiga tayyor emasdik" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Biz raqibning himoyaviy uslub qo'llashiga tayyor emasdik"

Pro-liganing 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Buxoro" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz raqib bir kishi kam bo'lib qolganda tashkil etgan hujumlarimizda tajriba va sovuqqonlik etishmadi. Ko'pincha himoyaviy uslubda o'ynaganimiz uchun hujumkor o'yin tashkil etishimiz lozim edi. Ammo, bugungi o'yinga tayyorgarligimiz himoyaviy uslubga qaratilgan edi. Birinchi bo'limda gol o'tkazmasak, g'alaba yoki kamida durang natijaga erishishimiz mumkinligini yigitlarga aytgandim. Futbolda shunaqa, demak mezbonlar bugun g'alabaga loyiq edi.

- Penalti haqidagi fikringiz?

- Takroriy vaziyatni ko'rdim, bu shubhasiz penalti. Etiroz yo'q, to'p qo'lga tegdi.

- Qizil kartochkaga munosabatingiz?

- Qizil ham bor edi. Futbolchi orqadan oyog'ini tiqib qo'pollik ishlatdi.

- "Xorazm" uchinchi o'rin uchun kurashdan chiqib bo'ldimi?

- Bilmadim, yil boshida bizda bunaqa reja yo'q edi. Oxirigacha kurashamiz. Yuqori beshlikda raqiblar safida bizdan ko'ra tajribaliroq futbolchilar ko'p. Albatta 3-o'rin kurashni davom ettiramiz.

- Marchianoga bugun faollik etishmadimi?

- Unga bugun imkoniyat yaxshi yaratib berilmadi. "Buxoro" yaxshi himoyalandi. Biz o'yin davomida bosqichma-bosqich hujumni kuchaytirib borishimiz kerak edi. Qizil kartochka va biz hujumkor o'ynashimizni kutmagandik. Yuqori beshlikda kurash avjiga chiqdi. Har bir jamoani o'z uslubi bor. Futbolchilarni ushlab qolishga harakat qilamiz.

- Yangi stadion xolati qanday?

- Yaxshi, lekin juda yuqori emas. "Buxoro", "Mashal" va boshqa jamoalarni maydoni biznikidan yaxshiroq.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика