Runi JCH-2006'da Ronaldu bilan bog'liq mojaroni esladi
28 mar 2022 09:45
Yangiliklar
Runi JCH-2006'da Ronaldu bilan bog'liq mojaroni esladi
Angliya TJ sobiq forvardi Ueyn Runi 2006 yildagi mundialda yuz bergan voqea haqida gapirdi.
Musobaqa doirasida o'tgan Portugaliyaga qarshi bahsdagi epizodlardan birida Krishtianu Ronaldu arbitrdan Runini chetlatishni so'ragandi.
“O'sha uchrashuvdan keyin tezda gaplashib olganmiz. Bu tribuna ostida edi. Unga nisbatan hech qanday husumatim yo'qligini aytdim, garchi uning harakatlari o'rinsiz bo'lsa-da. Gap shundaki, 1-taym davomida men uni jazolanishini xohladim. Nimaga? Yiqilavergani uchun. Ha, Krishtianu "sho'ng'ish"ni yaxshi ko'rardi”, deydi Runi.
Eslatib o'tamiz, chorak final bahsining asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmagan. Runi 61-daqiqada maydondan chetlatilgan hamda o'yindan keyingi penaltilar seriyasida portugallar 3:1 hisobida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar