Ruben Nevesh: "Manchester Siti"ga qarshi jips bo'lib o'ynashimiz shart"
27 iyu 19:18
Yangiliklar
Ruben Nevesh: "Manchester Siti"ga qarshi jips bo'lib o'ynashimiz shart"
"Manchester Siti"ga qarshi jips bo'lib o'ynashimiz shart. "Real"ga qarshi qanday o'ynagan bo'lsak, o'tgan o'yinda va bugun qanday o'ynagan bo'lsak, xuddi shunday to'p tepishimiz kerak. Fikrimcha, dunyoning eng kuchli uch jamoasidan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Men ularni juda yaxshi bilaman. Ko'plab o'yinchilari almashgan bo'lsa-da, men ularning jamoasi, murabbiyi va Portugaliyalik bazi do'stlarimni juda yaxshi taniyman. Angliyada bo'lgan paytimda ularga qarshi bir necha bor o'ynaganman va bu oson kechmagan.
Biroq biz, shubhasiz, qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Bu uch o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak, kelgusi o'yinga ham xuddi shunday tayyorgarlik ko'ramiz va natijasini ko'ramiz", – dedi portugaliyalik xavbek.
Nevesh 2017 yildan 2023 yilgacha "Vulverxempton"da o'ynagan.
"Manchester Siti" – "Al Hilol" uchrashuvi 1 iyul kuni 06:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar