So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  1 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  20 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  15

Ro'ziqul Berdiev: “Raqib haqli g'alabaga erishdi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Raqib haqli g'alabaga erishdi”

"Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Lokomotiv" jamoasi bizni haqli ravishda mag'lub etib ketdi. Men bugungi o'yinda himoyachilarimizning o'yinini umuman tushunmadim. Hozircha faqat "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklashim mumkin. Ayni paytda Vadim Abramov jamoasi tarkib jihatidan ham, o'yin borasida ham ancha mukammal darajaga chiqishgan. CHempionatimizdagi eng kuchli klub bu so'zsiz "Lokomotiv" jamoasi.

-Bugungi mag'lubiyatdan so'ng "Nasaf" chempionlik poygasidan chiqib ketdi deb o'ylaysizmi?

- Agarda shunday harakat qilaversak, ha. Bugungi o'yin bilan uchinchi o'rindagi bahsni boy berib qo'yishimiz mumkin. "Lokomotiv"ga qarshi o'yin so'nggi ikki yildagi eng yomon uchrashuvimiz bo'ldi.

-Eldor Suyunovning jarohati qanchalik jiddiy?

-Darvozabonimiz kutilmaganda oyog'idan jarohat oldi. O'ylaymanki, Suyunov keyingi o'yinlarda bizga yordam bera oladi.

-Farruh Sayfiev almashtirib bo'lmaydigan futbolchilar sirasiga kiradimi?-Bizda almashtirib bo'lmaydigan futbolchining o'zi yo'q. Farruh Sayfiev so'nggi paytlarda ancha o'sishga erishdi. Lekin ko'pchilik uning to'p bilan harakati va vaziyatiga qarab baho beradi. Ammo uning to'psiz harakatlari va jamoa uchun ishlashi meni qanoatlantiradi. Tarkibimizda ko'plab futbolchilar yo'q. SHohruh Gadoev yaqindagina jarohatidan qutildi. Undan boshqa zaxiramizda qanotlarda o'ynay oladigan yarim himoyachilar yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика