Ro'ziqul Berdiev: "O'yin "Bunyodkor"ning rejasi bo'yicha ketdi"
24 sen 2023 21:35
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "O'yin "Bunyodkor"ning rejasi bo'yicha ketdi"
Coca Cola Superliganing 19-turi doirasidagi "Nasaf" - "Bunyodkor" bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?
- O'yin biz kutgan natija bilan tugamadi. Uchrashuv "Bunyodkor"ning rejasi bo'yicha ketdi. Qiyin bo'lishini bilardik, chunki maydonga tarkibdagi muammolar bilan chiqdik. SHunga qaramasdan, vaziyatlar yarata oldik. Gol urishga qiynalyapmiz. Yigitlarga etirozim yo'q, ammo hujum chizig'i vakillari bundan yaxshiroq harakat qilishlari lozim edi. Futbol shunaqa. Gol ura olmadik, hammasi raqib rejasi bilan ketdi. "Bunyodkor" charchashimizni kutdi va qarshi hujumda o'z vaziyatidan foydalanib ketdi.
- Umar Eshmurodov bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Bunga sabab nima?
- Umar betob edi. O'ylaymanki, u keyingi o'yinlarda jamoamizga yordam beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar