So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Ro'ziqul Berdiev: "Obod" rahbarlarida, murabbiy va futbolchilarida ishtiyoq katta" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Obod" rahbarlarida, murabbiy va futbolchilarida ishtiyoq katta"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Obod"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Obod" oddiy jamoa emasligiga bugun amin bo'ldik. O'yinga keladigan bo'lsak, ular asosan himoyada o'ynashdi. SHuningdek, qarshi hujumda ham o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Yigitlarga raqibga hurmatni saqlagan holda o'ynash lozimligini aytgandim. Mana o'z o'yinimizni namoyish etdik va uch ochko egasiga aylandik. Bu eng asosiysi. Futbolchilar keyingi hafta bo'ladigan o'yinni ham yoddan chiqarmagan holda maydonda harakat qilganliklari ko'rinib turdi. SHu sababli, balki bugun tomoshabop o'yin namoyish eta olmagandirmiz", - deb o'z fikrlarini boshladi Ro'ziqul Berdiev.

Umid qilamanki, Bahrom keyingi o'yingacha sog'ayib ketadi va bizga yordam bera oladi.

Suyunov 10 kun ichida o'yin amaliyotiga ega bo'lmagandi. SHuning uchun uni bugun maydonga tushirdik. Lekin, bu degani "Al-Jaish"ga qarshi o'yinda u aniq o'ynaydi degani emas. Bizda Sanjar Quvvatov ham bor. Demak, o'yin kuni kim tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi. Legioner haqida gapiradigan bo'lsam, ayni paytda Rahmatovning o'yinlari menga maqul kelmoqda. SHuning uchun uni zaxiraga o'tkazib qo'yib legionerni maydonga tushira olmayman. Futbolda kim tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi.

"Obod" - "Buxoro" o'yinini JAR stadionidan turib tomosha qilgandim. O'sha kuni toshkentliklar raqiblariga katta qiyinchiliklar tug'dirgandilar. Keyin "Bunyodkor"ga qarshi o'yinning videosini ham ko'rib chiqdim. Ko'rinib turibdiki, "Obod" oddiy jamoa emas. Klub rahbarlarida, murabbiy, futbolchilarida ishtiyoq katta. Jamoada yaxshi ishlar olib borilmoqda. Ularni hurmat qilish lozim", - deya o'z fikrlariga yakun yasadi "ajdarlar" bosh murabbiyi.

"Nasaf" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика