So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Ro'ziqul Berdiev: "Maydon maysasi o'yinga to'liq tayyor emasligini barcha ko'rdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Maydon maysasi o'yinga to'liq tayyor emasligini barcha ko'rdi"

Coca-Cola Superligasining 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Albatta, bugungi o'yin davomida muxlislar atmosferasi juda yuqori bo'ldi. "Andijon" jamoasi o'z muxlislari qarshisida bizga munosib qarshilik ko'rsatdi. Vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. Bugun ochko yo'qotganimizga asosiy sabab shu bo'ldi.

Qolaversa, maydonning chimi hali to'liq tayyor emasdek ko'rindi. Bu xolat har ikki jamoaning ham o'yiniga tasir ko'rsatdi.

- Maydon maysasi tayyor ekani haqida malumot berilgandi. Siz maysa bo'yicha etiroz bildirdingiz. Izoh bera olasizmi?

- Biz maydon maysalaridagi muammoni kecha mashg'ulot vaqtidayoq sezgandik. "Andijon" jamoasi ham buni ko'rib, tushunib turibdi. Ko'rdinglar, maydonning ayrim qismlarida maysalar ko'chib ketayapti. Stadionda juda ko'plab insonlar mehnat qilishayapti, buni ham tushunish kerak. Men bu boradagi o'z fikrimni bildirdim.

- Legioner futbolchilar Jigauri va CHavesning o'yinlariga qanday baho berasiz? SHuningdek, Jambuli debyut o'yindayoq qizil kartochka oldi, munosabatingiz qanday?

- Jigauri ertaroq safimizga qo'shilgandi. O'rtoqlik o'yinlarida jamoamizga moslashdi, qo'shilib ketdi. SHu bois hech ikkilanmay uni maydonga tushirdik. CHaves kechroq keldi, albatta unga adaptaciya uchun bir oz vaqt kerak.

Qizil kartochka bo'yicha Jigauri bilan gaplashdim. U provakaciyaga uchraganini aytayapti. Xaqorat qilgani uchun javob berganini bildirdi. Bilasizlar, gruzin futbolchilar qiziqqon bo'lishadi.

- Tarkibga yana futbolchi jalb etish rejasi bormi?

- Albatta, transfer oynasi yopilguniga qadar kamida bir nafar yangi futbolchi transferini amalga oshiramiz. Bizda hujumkor yangi futbolchi jalb etish orqali hujum chizig'imizni yanada kuchaytirish rejasi bor.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика