So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Ro'ziqul Berdiev: "Jismoniy jihatdan ustunroq ekanimiz g'alabamizga asosiy omil bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Jismoniy jihatdan ustunroq ekanimiz g'alabamizga asosiy omil bo'ldi"

Superliga 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (5:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

- Bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga maydonda tezkor harakat qilishlari talabini qo'ygandik, ular buni juda yaxshi uddalashdi. Bugungi raqibimiz jiddiy edi, g'alabamizga jamoamizning jismoniy jihatdan ustunroq ekani asosiy omil bo'lib xizmat qildi. Muxlislarimizni va jamoamizning barcha azolarini g'alaba bilan tabriklayman.

- Hisob 5:0 bo'lishiga o'yinda kiritilgan tezkor gol sabab bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Yigitlar yuzaga kelgan golli vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilib raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Birinchi bo'limda kiritgan gollarimiz raqibning rejasini buzib yuborgani tabiiy.

- SHerzod Nasrullaev qachon safga qaytadi?

- U mashg'ulotlarda yakka tartibda ishlashni boshladi. CHempionatda yuzaga keladigan tanaffus vaqtida biz bilan jamoaviy ishlashga o'tadi.

- Intervyularingizda jamoa tarkibini kuchaytirish haqida aytib o'tgansiz. Bu borada rejalaringiz qanday?

- Biz ushbu masala bo'yicha rahbariyat bilan gaplashdik. CHuqur o'ylagan xolda muammoli chiziqlarimizni kuchaytirish rejasi bor. 

- Legionerlar qachon o'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan darajaga chiqishadi?

- Biz ularni jamoamizga foydasi tegishi uchun chaqirganmiz. Imkoniyat beramiz, o'yinini kuchaytirsa, asosiy tarkibda tushadi. Aks xolda xayrlashishimiz ham mumkin.

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика