So’nggi yangiliklar

09:00"Қизилқум"нинг яна бир етакчиси келаси мавсумни "Нефтчи"да бошлаши мумкин  0 08:582026 йил Ўзбекистонда ФИФАнинг яна бир мусобақаси бўлиб ўтади  0 08:45Суперлига-2025. "Сўғдиёна" – "Бунёдкор" 0:2  0 08:35Суперлига-2025. "Нефтчи" – "Қизилқум" 4:1  1 08:32Слот: "Биз охирги пайтларда ўз имкониятларимизни кўп қўлдан чиқаряпмиз"  5 08:05Юрий Саркисян "Нефтчи"ни чемпионлик билан табриклади  6 07:38"Ливерпуль" 60 йиллик антирекордни такрорлади  1 01:30"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин  0 01:03Лига 1. "Ланс" "Страсбур"ни ютиб, 2-ўринга кўтарилиб олди, "Ренн" "Монако"ни йирик ҳисобда енгди, Погба қайтди!  0 00:31АПЛ. "Ньюкасл" ўз уйида "Манчестер Сити"ни таслим қилди, Ҳусанов тушмади  33 00:11А Серия. "Ювентус" меҳмонда сўнгги ўриндаги "Фиорентина" билан дуранг ўйнади. "Наполи" эса "Аталанта"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди.  1 23:37Акмал Рустамов: "Нефтчи"нинг учинчи голида футболчи тўпни қўли билан ўйнаганди, лекин у инобатга олинди"  7 23:15Икром Алибоев: "Мавсум бошида қийин бўлди, охирида яхши меҳнат қилдик"  2 22:52Фарруҳ Сайфиев: "Кейинги мавсумни "Насаф"да бошлайман? Ҳали чемпионат тугамади ва бундай гаплар йўқ"  12 22:29Ботирали Эргашев: "Ҳиссиётларни сўз билан таърифлаб бўлмайди"  1

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi raqam bo'lib harakatlanish o'yindan avvalgi rejamiz edi. Bunday qiyin uchrashuvlarda eng muhimi natija" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi raqam bo'lib harakatlanish o'yindan avvalgi rejamiz edi. Bunday qiyin uchrashuvlarda eng muhimi natija"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Bugungi o'yinda ikkinchi raqam bo'lib o'ynadik, ammo shunga qaramay bugun raqibdan ko'proq vaziyat yarata oldik. "Surxon"ga to'pni berib qo'ydik. Muhimi g'alaba erishdik. Har bir ochko juda muhim va shu sababli bugun ko'proq natija uchun o'ynadik.

- Bugungi uchrashuvda himoyaviy uslubni tanladik deb aytib o'tdingiz. Bunday uslubni o'yin davomida tanladingizmi yoki uchrashuv startidan avval ham "Nasaf" himoyaviy futbol namoyish etishni reja qilganmidi? Bunday uslub sizni qanchalik qoniqtirmoqda? Ro'ziqul Berdiev o'zi yoqtirgan futbol falsafasidan biroz chekingandek tuyulmoqda.

- O'yindan avvalgi rejamiz ham shu edi deya olaman. "Surxon" jamoasining nimalarga qodir ekanligini o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Raqibimiz to'pga egalik qilishni yaxshi ko'radi. SHuning uchun biz ko'proq ikkinchi raqam bo'lib harakatlanish va qarshi hujumlarda o'z imkoniyatlarimizni izlash qaroriga keldik. Yigitlarga keskinroq o'ynash kerakligi va raqibga dalilroq bosim o'tkazish kerakligini takidlagandim. Tezda qarshi hujumga o'tishimiz kerak edi, ammo bazi vaziyatlarda himoyadan hujumga o'tish jarayonida kamchiliklar kuzatildi. O'yin rejamiz ham shunday edi. Bizning asosiy maqsadlarimizdan biri raqib bizning jarima maydonchamiz ichida vaziyat yaratmasligi edi. Biz bu vazifani uddalay oldik. O'yin so'ngidagi vaziyatdan tashqari, "Surxon" boshqa vaziyatlar yarata olmadi.

- Zafarmurod Abdirahmatov bugun zaxirada qoldirildi. Bunga sabab nima? U jarohat oldimi yoki rotaciyaga qul urdingizmi?

- Bizda muammolar ko'p. 4ta himoyachimiz jarohatlangan. Ikki nafar markaziy himoyachimiz "lazaret"da bo'lgani sababli Akmal Mozgovoyni markaziy himoyada o'ynatishga majbur bo'ldik. Bu ham o'yinimiz sifatiga tasir qilmoqda. Zafarmurodning biroz beli og'ridi. Kecha jamoaviy mashg'ulotlarga yana qo'shildi. Tavakkal qilishni istamadik va u bugun zaxirada qoldi.

- Jarohatlar ko'pligi va shu sababli bir nechta muammolar borligini aytib o'tdingiz. Bunday qiyin holatdan jamoangiz namoyish etayotgan o'yin va qayd etilayotgan natijalardan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda?

Yoqotishlar jamoaga tasir o'tkazishi aniq. OKMKga qarshi kechga uchrashuvda barchasi yaxshi edi. Sababi Alibek Davronov maydonda edi. Davronov jarohat olganidan so'ng markaziy himoyamiz oqsamoqda. Akmal Mozgovoyning o'zining poziciyasi bor. Lekin shunga qaramay, Mozgovoy yuklatilgan vazifani bajarib bermoqda. Uni majburan markaziy himoyada o'ynatyapmiz.

- "Nasaf" jamoasi mavsum avvalida uch nafar hujumchini o'z safiga qo'shib oldi: Zoran Marushich, Viktor da Silva va Bobir Abdiholiqovlar "Nasaf" har bir uchrashuvda etarlicha vaziyatlar yaratmoqda, ammo realizaciya juda yomon. Hozirgi tarkibdagi uch nafar hujumchidan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda? Masalan o'tgan mavsum hujumchi tanlashda xatoga yo'l qo'yganingizni tan olgan edingiz.

- Meni qoniqtirmayotgan hujumchilar zaxirada o'tiribdi. Zoran Marushichning qolgan hujumchilarga qaraganda foydasi ko'proq tegmoqda. SHu sababli u asosiy tarkibdan joy olmoqda.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика