Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limda raqiblar tez charchab qoldi, bizda esa zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirdi"
12 apr 2022 00:47
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limda raqiblar tez charchab qoldi, bizda esa zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirdi"
Ro'ziqul Berdiev: - Ikki xil taym bo'ldi. Biz faqatgina ikkinchi bo'limga kelib, o'z o'yinimizni ko'rsata oldik. Raqib jamoa to'p bilan yaxshi harakatlanishini yaxshi bilardik va shu sababli himoyaga katta etibor berdik. Ikkinchi bo'limda raqiblar tez charchab qoldi. Bizda esa zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishdi. G'alabadan xursandman, barcha muxlislarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman.

Marko Stanoevich: - Biz o'z mentalitetimizni, sifatlarimizni ochib berishga qattiq harakat qildik. Tanaffusda bosh murabbiydan ko'rsatmalarni olganimizdan keyin ikkinchi bo'limda juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Yaxshi yakun, g'alaba.

- "Nasaf" ayni damda turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Bir necha daqiqalardan keyin boshlanadigan o'yinda qanday hisob qayd etilishini xohlaysiz?
Ro'ziqul Berdiev: - O'yinlar endi boshlanmoqda. Hali hech nima hal bo'lgani yo'q. Jamoalar oldidan to'rt-beshtadan uchrashuv o'tkazishi kerak. Istalgan vaziyatda holat tubdan o'zgarib ketishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar