So’nggi yangiliklar

01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  0 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  22 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  6 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  120 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0

Ro'ziqul Berdiev: “Futbol ancha rivojlandi va qiyinlashdi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Futbol ancha rivojlandi va qiyinlashdi”

Osiyo chempionlar ligasi birinchi turidan o'rin olgan "Al Faysaliy” – “Nasaf” uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va klubning etakchi futbolchisi SHerzod Nasrullaev matbuot anjumanida qatnashishdi.

O'yin haqida...

Assalomu alaykum barchaga. Sizlar bilan uchrashuv turganimizdan juda xursandimiz. OCHL katta musobaqa. Ushbu turnirda kuchli jamoalar va tajribali futbolchilar harakat qiladi. Ertangi o'yin ham bundan mustasno emas. “Al Faysaliy” jamoasining o'yinlarini tahlil qilib chiqdik, ular hujumkor o'yin ko'rsatar ekan. Biz ham doim hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Menimcha, ertangi o'yin hujumkor bo'ladi.

SHerzod Nasrullaev: Assalomu alaykum matbuot anjumani ishtirokchilari. Ertaga ajoyib uchrashuv bo'lib o'tadi deb o'ylayman. Raqibimiz jiddiy, jamoamiz bo'lajak uchrashuvga tayyor. Xalqimizni, yaqinlarimizni g'alabamiz bilan xursand qilishga harakat qilamiz.

“Al Faysaliy” haqida fikrlaringiz va “Nasaf”ning OCHLdagi maqsadi qanday?

- “Al Faysaliy” jamoasini yaxshilab o'rganishga harakat qildik, ular hozirga kelib, chempionat bahslarining to'rtta uchrashuvida ishtirok etdi. Biz ushbu uchrashuvlarni kuzatdik. Ularning o'yini hujumga asoslangan. Men boshida takidlaganimdek, ular jiddiy va yaxshi o'yin ko'rsatadigan jamoa. Biz ularga qarshi bahs olib borganimizga besh yil bo'ldi. Bu allaqachon tarixga aylanib bo'lgan. Hozirgi holat esa umuman boshqa.

O'tgan yili guruh bosqichidan chiqishni uddalagandik va bu mavsum ham ushbu natijamizni takrorlashni maqsad qilganmiz.

“Nasaf”ning avvalgi o'yinlarini ko'rdik va ushbu bahslarning ko'pida jamoa qiyinchilik bilan g'alaba qozongan. SHundan kelib chiqib, ertangi o'yinga rejalaringiz qanday bo'ladi?

- Biz chempionat, Superkubok va kubok bahslarida ishtirok etdik va g'alaba qozondik. Barcha g'alabalarni safarda qo'lga kiritdik. Bu g'alabalar osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Futbol ancha rivojlandi va qiyinlashdi. Jamoalar ancha yaxshi harakat qilyapti, shuning uchun ham g'alabalar ancha qiyin qo'lga kiritilmoqda. Bu O'zbekiston chempionatining saviyasi o'sganidan dalolat beradi.

Biz ertaga tarkibni tanlaymiz, Biz har xil uslubda o'yin ko'rsata olamiz, biz ertangi o'yin taktikasini hozir ochiqlay olmayman. O'zimiz uchun ijobiy bo'ladigan taktikani tanlaymiz.

“Nasaf”ga mehmonda o'ynash qiyinmi yoki sizlarga raqib maydonida harakat qilish osonmi?

- Oxirgi o'yinlarimizni xisobga olsak, biz mehmonda ancha yaxshi o'tkazyapmiz. O'tgan yili OCHL guruh bosqichini ham Saudiya Arabistonida o'tkazgan edik va bu biz uchun omadli yakunlangandi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика