So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  4 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   13 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  6 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

Ro'ziqul Berdiev: "Fabio Kannavaroning o'yinga kelgani yoqimli. Biroq bu qaerdadir halaqit qilishi ham mumkin" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Fabio Kannavaroning o'yinga kelgani yoqimli. Biroq bu qaerdadir halaqit qilishi ham mumkin"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinda futbolchilar katta kuch sarfladi va muxlislarga g'alabani taqdim etdi. Bundan xursandmiz. Ko'p raqib jamoalar bizning maydonga kelganda, nafaqat biz bilan o'ynaganda, balki boshqa jamoalar ham besh himoyachilik tizimga o'tib olishi tendenciyaga aylandi. Kecha sanab chiqdik, ko'p jamoalar beshtalik himoyachi tizimiga o'tib olgan. Bunday vaziyatlarda tezkor gol urib, raqibni xato qilishga majbur qilish kerak. Keyin vazifa engillashadi. Standart vaziyat ishladik, keyin raqib ochilishga, qarshi hujumda o'ynashga harakat qildi. Biz ham qarshi hujumlarda yaxshi o'ynadik. Bunday paytda hujumdagi futbolchilarimiz ko'p vaziyat izlashi kerak bo'ladi. Bu ish qanchalik qiyin bo'lsa-da, yaxshi amalga oshirishdi.

- G'alaba bilan tabriklaymiz. Bugun Cholovichning poziciyasi o'zgarganini ko'rdik. Bu Nasrullaevning asosiy tarkibda tushmagani bilan bog'liqmi yoki Stefan yangi poziciyaga o'rganmoqdami?

- Agar etibor bergan bo'lsangiz, bazi o'yinlarda biz shunday sxemada o'ynayapmiz. 4-3-3 sxemasida o'ynayapmiz, lekin futbolchilarni joylashuvi orqali biz standart 4-3-3 sxemasidan biroz farq qilyapti. Mashg'ulotlarda bu borada ishlagandik, "Buxoro"ga qarshi o'yinda shu taktikada o'ynagandik. Bu qanchalik qo'l kelayotganini o'yinlarda ko'ryapmiz. Shu sababli futbolchining poziciyasini o'zgartirdik. U yomon harakat qilmadi deb o'ylayman. Sherzod esa ushbu mavsumda ko'p o'yin o'tkazdi. U kecha ertalab bizning ixtiyorimizga etib keldi. Uning holati unchalik yaxshi emasdi. Lekin o'yinga yaxshi qo'shildi va o'yinga nuqta qo'ydi.

- Uch nafar futbolchi termaga ketganida o'yin ko'chirilardi. Biroq "Nasaf"ning bir qancha futbolchilari termaga ketdi. Lekin o'yin qoldirilmadi. Bu borada adolat bo'lishi kerakmi?

- Biz bu borada murojaat qildik. Umar va Husayn termaga chaqirilganidan keyin PFLga ham, "Qo'qon-1912"ga ham, terma jamoaga ham murojaat bilan chiqdik.  O'yin vaqtiga ancha yaqin qolgani uchun bu bahsni bekor qila olmadik. Bugungi o'yinda futbolchilar har xil holatda kelgan bo'lsa-da, g'alaba juda muhim edi. Futbolchilarning holatiga qarab biz bor imkoniyatni ishga soldik. Albatta bu og'ir. Futbolchilarning holati har xil edi. Besh futbolchimiz milliy, Sardor Bahromov olimpiya termamizda edi. Bu tashvishli holat edi. Lekin yigitlar maydonda qo'ldan kelgancha harakat qildi va g'alaba muhimligini bilishardi.

- Elit OCHLda navbatdagi o'yin BAAda "Al Shabab"ga qarshi bo'ladi. Bu dastlabki ikki raqib kabi saviyada emas. Bu uchrashuvdan nima kutyapsiz?

- Darajasi past deb bo'lmaydi. "Al Shabab"ning darajasi "Al Hilol" kabi desa bo'ladi. Saudiya Arabistoni jamoalari tarkibida terma jamoa futbolchilari bor edi. "Al Shabab"da esa mahalliy futbolchilar juda ham kam. Shuningdek, mahalliylashtirilgan futbolchilari ham bor. Shu boisdan ayta olaman, biz legionerlarga qarshi o'ynashimiz kerak bo'ladi. Bu ligada ham munosib qatnashishni maqsad qilganmiz. Lekin raqibning jiddiyligini ko'rib turibsizlar. Shunga qaramasdan yigitlarni yaxshi tayyorlab, yaxshi natija uchun kurashishga harakat qilamiz.

- Safar oldidan "Nasaf"da yo'qotishlar yo'qmi?

- Bu o'yingacha yo'qotishlar bor edi. Sharof Muhiddinov hamda Javohir Siddiqov jarohati sababli o'yinlarda qatnashmayotgandi. Ikki kun bo'ldi ularning mashg'ulotga qo'shilganiga. Biz tavakkal qilib, ularni o'yinga qo'ymadik. Umid qilamanki keyingi bahsgacha o'ziga kelib oladi. Shuningdek, yo'qotish deb bemalol ayta olaman, asosiy futbolchilarimizdan biri Murod Rahmatov safdan chiqdi. Uning poziciyasida boshqa futbolchilarni o'ynatishga majbur bo'lyapmiz. Akmal Mozgovoy ketganidan keyin Murod ushbu nuqtada o'zini yaxshi ko'rsatayotgandi. O'yinni boshlashda, raqib hujumini to'xtatishda, tempda yaxshi edi. Uning o'rnini to'ldirishga harakat qilyapmiz. Murod Rahmatov keyingi o'yinlarda bizga yordam bera olmaydi.

- Bugun Fabio Kannavaro o'yinni stadiondan kuzatdi? Ushbu holatni sezdingizmi? Buni bilgan futbolchilar o'zini ko'proq ko'rsatishga harakat qildimi? Ushbu futbolchilar kimlar?

- Terma jamoamizni murabbiylari mahalliy chempionat o'yinlarini kuzatishi yoqimli holat deb o'ylayman. Chunki u yangi kelgan, futbolchilarni o'z ko'zi bilan ko'rib olsa, ko'p malumotlar olishi mumkin. Bu esa yoqimli holat. Yigitlar balki bilgandir. Menga ham buni aytishgandi. Biroq futbolchilardan o'yinga ko'proq etibor berishlarini talab qilgandik. Bu to'g'riroq holat. Agarda futbolchilar o'z vazifasiga ko'proq etibor bersa, o'yin yaxshi o'tadi. Aytganimdek, bu yoqimli holat. Lekin qaerdadir bu jamoaga halaqit qilishi mumkin. Bundan xursandmiz. Bu juda ham zo'r ish. Agarda biror futbolchimiz unga yoqqan bo'lsa, imkoniyatlarini ko'rib oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика