So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   4 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bunday o'yinlarda ko'p vaziyatlar yaratilmaydi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bunday o'yinlarda ko'p vaziyatlar yaratilmaydi"

Superliga 12-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"G'alaba bilan barchani tabriklayman. Yaxshigina qarshilikka uchradik. Raqib uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ko'rinib turibdi va deyarli vaziyat yaratishga imkon bermadi. Raqib himoyasini xato qilishga majbur qildik va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bugun o'yin tezligi yuqori bo'lmadi. Havo ham issiq edi. Bugun natija uchun o'ynaldi", - deya fikr bildirdi Ro'ziqul Berdiev bugungi bahs haqida.


- Rubin Xebay nega o'ynamay qo'ydi?

- Sababi Husayn Norchaev undan yaxshiroq sport formada. Norchaev bugun gol urmagandir, ammo jamoaga ko'p yordam berdi. Xebay ham o'yinga yaxshi qo'shilib ketdi deb o'ylayman. Agar zarbasi golga aylanganida, turning eng chiroyli gollaridan biri bo'lar edi.

- Terma jamoa safidan qaytgan futbolchilarning holati qanday?

- Bu har doim tasir qiladi. Sababi terma jamoada va klubda turli xil tizimda tayyorgarlik ko'riladi. Har bir futbolchining holati har xil. Akmal bugun bizga yordam berdi, ammo biz kutgan o'yinni namoyish eta olmadi. Bazida ushbu faktor o'z so'zini aytadi.



- Akmal so'nggi vaqtlarda maydonda ko'p bahslashadigan bo'lib qoldi...

- Suhbat olib borish kerak. U qiziqqon, ammo futbolchi o'zini nazorat qila olishi kerak. Keraksiz joydan kartochka olib qo'yishi mumkin.

- "Nasaf" futbolchilari ko'pincha darvozabon hududidan gol urishmoqda, nega uzoq masofadan zarbalar kamayib ketdi. Bu sizning ko'rsatmangizmi?

- Men uzoqdan tepinglar deb ko'rsatma beraman. Angliya va o'zbek futbolini taqqoslash ham noto'g'ri. Bazida yigitlar bunday qaror qabul qilishmaydi. Uzoq masofalardan ham gollar urdik. Bugun "Navbahor" yaxshi himoyalandi va bunday o'yinlarda ko'p vaziyatlar yaratilmaydi.

- Sherzod Nasrullaev bugun maydonga tushmadi...

- U terma jamoa safidan qaytdi va jamoa bilan birga ko'p mashg'ulot o'tkaza olmadi. Engil jarohati borligi tufayli, tavakkalga qo'l urmadik. Keyingi uchrashuvlarda safga qaytadi degan umiddaman.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика