So’nggi yangiliklar

11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  2 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi durangda futbolchilarni ayblab bo'lmaydi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi durangda futbolchilarni ayblab bo'lmaydi"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.





"Og'ir o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. Bunday qarshilikni kutgan edik. Yigitlarga ham  "Olimpik" qanday raqibligini, to'pni yaxshi nazorat qilishini aytgandim. Bugun himoya va hujumda samaraliroq o'ynashimiz kerak edi. Albatta oxirgi o'yinlarda bitta tarkib bilan o'ynayotganimiz, rotaciya qilishga imkonimiz yo'qligi o'z tasirini o'tkazmoqda", -deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Bugun durang bo'lmasin deb, muxlislar har bir o'yinga havotir bilan kirishmoqda...

- Balki shuning uchun ham durang bo'layotgandir (kuladi). Umuman olganda oson o'yinlar o'tkazayotganimiz yo'q. Farg'onada ochko yo'qotdik. Ushbu uchrashuvdan oldin holatimiz yaxshi emasdi. Futbolchilarni bugungi natijada ayblab bo'lmaydi. Ko'rinib turibdiki, xohish katta. 

- Bugungi hakamlik haqida fikringiz qanday? Sizningcha, o'sha vaziyatda gol bo'lganmidi?

-  Vaziyatlarni baholashda etibor qilganim yo'q. Agar gol bo'lganida aytishardi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика