So’nggi yangiliklar

11:59Суперлига. "Навбаҳор" тўртинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  4 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  5 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  4 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  8 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Barchani Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklaymiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Barchani Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklaymiz"

Yakunlangan mavsumda bronza sovrinini qo'lga kiritgan “Nasaf” jamoasi mavsum tayyorgarliklarini dastlabki bosqichini yakuniga etkazdi.
26 dekabr kuni klub qarorgohida ushbu sovrin o'z egalariga topshirildi va bu tantana qilindi.

“Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievni va u kishi orqali barcha futbolchilarni jamoa muxlislari va saytimiz nomidan kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, mavsumga tayyorgarliklarni yaqin rejalari haqida ham so'radik.

- Assalomu alaykum Ro'ziqul Sadullaevich! Sizni va barcha jamoa azolarini kirib kelayotgan yangi 2015 yil bilan muborakbod etamiz. Sizga va barcha yigitlarga mustahkam sog'lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Yangi, 2015 yil Sizga va “Nasaf” jamoasiga barcha musobaqalarda kattadan – katta omadlar keltirsin!
– Va alaykum assalom! Katta rahmat etibor va hurmatlaringiz uchun. Men ham fursatdan foydalanib, o'zim va yigitlarimiz nomidan Siz aziz muxlislarimizni hamda barcha yurtimiz futbol ishqibozlarini yaqinlashib qolgan 2015 yil bilan samimiy tabriklayman. Barchalaringiz sog' va omon bo'lingizlar. Nimaiki orzu-istaklaringiz bo'lsa yangi yilda amalga oshsin deyman. Yurtimiz tinch va farovon bo'lsin! O'z sevgan jamoalaringiz yangi yilda yangi marralarni egallashsin. Futbol hamisha hamrohingiz bo'lsin!

- Rahmat, mana mavsumga tayyorgarlikni birinchi bosqichi ham yakunlandi, endigi rejalaringiz haqida bilmoqchi edik.

– Yigitlarga 27 dekabr kunidan yangi yil bayrami munosabati bilan 3 yanvargacha qisqa muddatli tanaffus berdik. Rejamizga ko'ra, tayyorgarliklarning ikkinchi bosqichi 14 kun davomida yana Qarshi shahridagi o'zimizga tegishli bazamizda davom ettiriladi. Xorijda ham yig'in tashkil qilish rejamizda bor. 2015 yil jamoamiz uchun juda masuliyatli yil bo'ladi. Buni his qilgan holda mavsumga puxta tayyorgarlik ko'ramiz.

Renat Ernazarov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика