So’nggi yangiliklar

19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  7 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  3 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  7 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   12 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0

Ro'ziqul Berdiev: "Al Sadd"ning ikkita qizil olishi rejamizda yo'q edi, ertangi o'yinga esa tayyormiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Sadd"ning ikkita qizil olishi rejamizda yo'q edi, ertangi o'yinga esa tayyormiz"

Ertaga, 11 aprel kuni Qarshining "Nasaf" jamoasi OCHL 2-turi doirasidagi o'yinini o'tkazadi.

"Ajdarlar"ning bu galgi raqibi Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasi bo'ladi. Bugun ana shu uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirning birinchi qismida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: - CHempionlar ligasida top-jamoalarga qarshi oltita og'ir o'yin o'tkazishga keldik. "Al Vihdat"ga qarshi bahs ham shular jumlasiga kiradi. Dastlabki o'yin orqali shunga amin bo'ldik-ki, bu erda daraja yuqori, sifatli futbol o'ynaydigan jamoalar ko'p. Albatta, bu o'yin qanchalik og'ir bo'lishini bilib turibmiz. Yigitlarimiz o'yinga tayyor.

Akmal Mozgovoy: - O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqiblar ham yaxshi jamoa deb ayta oaln. Ertangi bahsga faqatgina g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- O'tgan o'yinda ko'rdikki, "Al Vihdat"ning muxlislari ko'pchilikni tashkil qilar ekan. Bu o'yinga tasir qiladimi?

Ro'ziqul Berdiev: - Bu ajoyib. "Al Vihdat" muxlislar 1600 kilometrdan kelib, qo'llab turishini kutmagandim. Bu orqali muxlislar va jamoa o'rtasidagi munosabat yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi. Biz bunday bosimda o'ynashga tayyormiz. O'zbekistonda ham uy o'yinlarimizga ko'p muxlislar keladi. CHempionat boshlanganda 1-turda 20 ming muxlis qarshisida o'ynadik. O'ylaymanki, jamoa bunday bosimga tayyor turadi. Futbolchilarimda tajriba etarlicha.

- "Al Sadd"ga qarshi o'yinda 9 kishilik raqibni yutish uchun jamoaga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

Ro'ziqul Berdiev: - "Al Sadd"ga qarshi o'yin hulosalarini gaplashib oldik. Xato va kamchiliklarni tushuntirdik. Hech bir jamoa o'yindan oldin 9 kishi bo'lib qolishini kutmaydi. Ular ikki kishi kam bo'lib o'ynashi rejamizda yo'q edi. Asosiy xatolarimizdan biri yigitlarning o'sha vaziyatga ruxan tayyor bo'lmagani bo'lib chiqdi. Hujumda, hujumni yakunlashda bizda keskinlik va sovuqqonlik etishmadi. Ko'p yigitlarimiz bu turnirda ilk marta qatnashmoqda. Barcha futbolchiga bu o'yinlar maktab, dars bo'lmoqda. SHu sababli futbolchilarimiz o'zlariga hulosa chiqarib, qilgan xatolarini o'rganmoqda.

- Bunday turnirlarda doimo birinchi o'yin qiyin o'tadi. Endi "Nasaf" o'zi istagan o'yinni ko'rsatishni vaqti kelmadimikin?

Ro'ziqul Berdiev: - Yigitlarga raqib kim bo'lishidan qati nazar o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerakligini uqtiramiz. Ammo kechagi o'yin orqali biz nafaqat o'zimiz, balki, raqiblarning ham o'yinlariga etibor berish kerakligini bilib oldik. Bu erga oltita o'yin uchun keldik. Keyingi o'yinlar ham engil bo'lmaydi. SHu sababli har bir bahsga jiddiy tayyorlanish kerak. "Al Sadd" 9 kishi bo'lib qolganida ham ungacha bo'lgan paytda raqiblardan kam o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Ikkinchi qizil kutilmagan holat bo'ldi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham jamoa istalgan raqib bilan o'yinga tayyor bo'lishi kerak. Bu turnirdagi har bir o'yin og'ir o'tadi, har bir davlatning eng kuchli jamoalari keladi. SHu sababli har bir uchrashuvda maksimal kuch bilan ishlashimiz kerak. O'shanda kutilgan ijobiy natijani qo'lga kiritishimiz mumkin.

- "Al Sadd"ga qarshi o'yindan keyin boshqa jamoaning o'yinlarini solishtirib ko'rdingizmi? Jamoaning texnik imkoniyatlari qanday?

Ro'ziqul Berdiev: - Raqiblarning o'yinlarini ko'rdik. To'rttala jamoaning darajasi bir xil ekan. Boshida barcha "Al Sadd"ni favorit sifatida ko'rgandi. Ammo 1-tur o'yinlari orqali aytishim mumkinki, barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlar etarlicha. Texnika va tajribani inobatga oladigan bo'lsak, "Al Sadd"da ustunlik bor. Qizig'i, biz "Al Faysali"ga yordam berib qo'ydik. "Al Sadd"ning ikki muhim futbolchisi o'yinda ishtirok etmaydi. Bu ushbu klubga ham yoqqan bo'lsa kerak. Jamoalarning darajasi bir xil, deb bemalol ayta olaman.

- O'yinning 20:15da boshlanadi. Bu juda vaqtli. Nima deb o'ylaysiz, iftorlik qilgandan keyin futbolchilarning qizib olishlari uchun vaqt etarli bo'larmikin?

Akmal Mozgovoy: - O'tgan o'yinda vaqt etarli bo'ldi. Barcha futbolchilar o'zini yaxshi his qildi. Menimcha vaqt etarlicha. Ikki soat etadi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика