So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  1 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  15 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  18 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

Ro'zimboy Ahmedov: "Tarkibga yana 1-2 nafar futbolchi qo'shilishi mumkin, Superligada yaxshi o'rinlar uchun kurashamiz" Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov: "Tarkibga yana 1-2 nafar futbolchi qo'shilishi mumkin, Superligada yaxshi o'rinlar uchun kurashamiz"

"Xorazm" Superligaga tayyorgarlikni Antaliyada davom ettirmoqda.

 Bugun jamoa xorij yig'ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvida o'tkazadi. Klub bosh direktori Ro'zimboy Ahmedov tayyorgarlik va tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi. 

"Mashg'ulotlarni ko'ngildagidek boshladik. Havo ham ajoyib. Maydonlar ham ideal darajada. Mashg'ulot o'tish uchun hamma sharoit bor. Oldinda bizni 4 ta nazorat uchrashuvi kutib turibdi. Mana shu o'yinlarda jamoamiz yanada formaga kirib oladi deb o'ylayman. Chempionat startiga yaxshi tayyorgarlik va ko'tarinki ruhda etib kelamiz. 

Hozirda asosiy vazifa og'ir yuklamalardan so'ng tezroq sport formaga kirib olishdir. Superligani 9 mart kuni boshlaymiz. Bunga oz vaqt qoldi. Jamoamiz bu fursat ichida optimal formaga kirib olishi kerak. Kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib borilyapti. Yuklamalar berilmoqda. Tarkibimiz shakllanib boryapti. Yana 1-2 nafar futbolchi qo'shilishi ehtimoli bor. Bu masala yaqin kunlarda hal bo'ladi. O'yinimizga, taktikamizga mos futbolchilarni jalb qilyapmiz. 

Rahbariyatimizga, shaxsan viloyat hokimimizga yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Jamoamiz uchun bu yil o'zgacha bo'lishi kerak. Nasib qilsa, Superligada yaxshi o'rinlar uchun kurashamiz",- deydi Ro'zimboy Ahmedov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика