So’nggi yangiliklar

18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   0 18:27Конате "Ливерпуль" билан янги шартномаси ҳақида: "Бу мураккаб жараён, биз ҳамма нарсани айта олмаймиз"  1 18:00U-19 чемпионати. "Пахтакор" "Насаф"ни 3 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, чемпионликни тантана қилди  17 17:04"Милан" "Реал" дарвозабонига эътибор қаратди  0 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0 15:40Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди"  9 15:13Суперлига. 29-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  9 14:53Меҳди Моҳеби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  4 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  5 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  3 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  27 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  2 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  8

"Rotor" sharoit yaratib bermagani bois "Lokomotiv" ishtirokidagi o'yin o'tkazilmadi Yangiliklar

"Rotor" sharoit yaratib bermagani bois "Lokomotiv" ishtirokidagi o'yin o'tkazilmadi

Bugun, 10 fevral kuni "Lokomotiv" Turkiya yig'ini doirasida oxirgi uchrashuvini o'tkazishi lozim edi. Bu o'yin Rossiya premer-ligasi vakili "Rotor" bilan rejalashtirib qo'yilgandi.

O'yin bo'lib o'tishi borasida garchi har ikki jamoa o'zaro kelishib olgan bo'lsa-da, "Rotor" o'yin yaqinlashgan sari ishni paysalga solaverdi. "Lokomotiv" PFK ularga o'yinni Sideda o'tkazish taklifi bilan chiqdi, chunki biz istiqomat qilayotgan joyda yaxshi stadion bor va sharoitlari ham alo darajada.

Ular esa o'zlari istiqomat qilayotgan mehmonxona yaqinidagi maydonda o'ynashni afzal ko'rishdi. O'yin vaqtini belgilash ham oson bo'lmadi. Biz uchun o'yinni 11:00 yoki tushdan keyin 16:00da boshlash qoniqtirardi. Ular esa 13:00da boshlaymiz turib olishdi. Yakunda tomonlar bir to'xtamga kelib, uchrashuv soat 11:00da start olishiga kelishib olishdi. 

Natijada bugun ertalab 8:45da mehmonxonadan o'yin bo'lib o'tishi lozim bo'lgan "Kaya Palazzo" stadioni tomon avtobusda yo'l oldik. Salkam bir soatga yaqin (70 km.) yo'l bosib, belgilangan joyga etib bordik va ne ko'z bilan ko'raylikki, u erda stadiondan asar ham yo'q edi. Faqat uchta mashg'ulot o'tkazish maydonchasi bor ekan, xolos. 



Jamoa o'yinga borganda birinchi navbatda nima kerak bo'ladi? Albatta, kiyim almashtirish xonasi. Axir ko'chada hammaning ko'z o'ngida echinib kiyinmaysiz-ku. Lekin biz borgan "stadion"da na kiyim almashtirish xonasi bor, na tribuna va na boshqa sharoitlar. Qolaversa o'yindan keyin yuvinib olish ham kerak. Raqib futbolchilariga mazza, ular besh daqiqada o'z xonalariga etib olishadi, lekin biz-chi? Qolaversa mezbon jamoadan kimdir kutib olmadi ham. 



Soat 10:30 bo'ldi. SHu payt "Rotor" futbolchilari birin-ketin mehmonxonadan chiqib kela boshlashdi. Ular turgan mehmonxona maydongacha besh daqiqalik yo'l. "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra "Biz havaskor klub emasmiz va bunday sharoiti yo'q maydonda o'ynay olmaymiz, 10 daqiqa vaqt bor, yo boshqa stadion topamiz yoki o'yin bo'lmaydi" deb dangal gapirdi. "Rotor"da ishlayotgan yordamchi murabbiy Maksim SHackix jamoamiz oldiga kelib, vaziyatni tushuntirishga urindi, biroq bari befoyda. 



O'ng tomonda yana bitta maydon bor ekan, har holda biroz sharoiti yaxshiroq. SHaroiti yaxshiroq deganda maydon cheti atrofni o'rab turgan sim to'siqdan biroz uzoqroq, biz o'yin o'tkazmoqchi bo'lgan maydonda esa to'siq maydon chizig'iga juda yaqin edi va qanot hakamiga yugurishga joy yo'q. Ha, aytgancha zaxiradagilar o'tiray desa o'rindiq ham, chigalyozdi mashqlar uchun alohida joy ham yo'q. Yonimizdagi maydonda "Ufa" klubining mashg'uloti belgilangan ekan, shu bois u erda ham o'ynab bo'lmasdi.



Baribir hech narsa o'xshamadi va yana avtobusga o'tirib ortga qaytdik. Eslatib o'tamiz, 28 yanvardan Turkiya yig'iniga kirishgan "Lokomotiv" 12 fevral kuni Toshkentga qaytib ketadi. Ertaga oldinda bir kunimiz bor, qaysidir jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladimi, murabbiylar hozir shuni hal qilishmoqda.

Yangilik bo'lishi bilan albatta etkazamiz. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика