So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  1 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  21 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

Roppa-rosa 2 kun kam 4 yil avval Osiyo Kubogida Yangiliklar

Roppa-rosa 2 kun kam 4 yil avval Osiyo Kubogida

Kechagidek yodimda, 3-turda guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz Xitoyga qarshi maydonga chiqqan edi.

"Al Garafa" stadioniga ko'p ham muxlis tashrif buyurmagan, ularning asosiy qismi Qatarda istiqomat qilayotgan "induslar" edi. O'zbekistondan chamasi 200 nafarga yaqin ishqiboz borgandi. Uchrashuvda hisobni raqiblarimiz ochishadi, shundan so'ng biz ikkita gol uramiz, 56-daqiqada Xao Junmin hisobni tenglashtiradi. 



Boshlang'ich tarkib


2-turdan keyin bizning xisobda 6, Xitoyda 3 ochko bor edi. Durang O'zbekiston foydasiga ishlasa, raqiblarimizga faqat g'alaba kerak edi. Yoki Quvayt mezbon - Qatarni mag'lubiyatga uchratishi kerak bo'lardi. 

O'ZBEKISTON - XITOY 2:2 (1:1)

16.01.2011. 3-tur. Doxa. "Al Garafa" stadioni. 3529 tomoshabin. Osiyo Kubogi-2011. 

Bosh hakam: Abdulla Al Hilol (Ummon)

Gollar: AHMEDOV Odil (30), GEYNRIX Aleksandr (46) - YU Xay (6), Xao Junmin (56).

O'zbekiston: Ignatiy NESTEROV, Anzur ISMOILOV, Stanislav ANDREEV, Odil AHMEDOV, Viktor KARPENKO (SHavkat MULLAJONOV, 74), Olim NAVKAROV (Sanjar TURSUNOV, 54), Server JEPAROV (SHavkat SALOMOV 85), Aziz HAYDAROV, Timur KAPADZE, Maksim SHACKIX, Aleksandr GEYNRIX.

Xitoy: Yan Ji, LI Syao Pen, DU Vey, JAO SHuri (Lyu Janye, 46), Rong Xao, Xao Junmin, Vang Song, Jang Linpeng, Gao Lin (Deng Juosyang, 73), Yang Xao, YU Xay (Yang Syu, 60)

Ogohlantirishlar: Aziz HAYDAROV (26), Anzur ISMOILOV (54), Timur KAPADZE (66) - Xao Junmin (78), Jang Linpeng (90).

YU Xay jamoasi uchun muhim bo'lgan tezkor golni uradi. Birinchi golni o'z xatoimiz bilan o'tkazib yuboramiz. Burchak zarbasi amalga oshirilayotgan vaziyatda Karpenko chalg'ib qoladi va yaqin burchakda turgan uch nafar futbolchimiz to'pni nazorat qila olmaydi. Ammo Odilning goli chiroyli chiqqandi. Avvaliga u Anzur bilan pas o'ynab to'pni o'rtaga, Kapadzega oshiradi. Undan qabul qilib olib bir zarb bilan Andreevga uzatadi. Andreev to'pni yana unga qaytaradi, keyingi pasni Ahmedov Jeparovga beradi, Server ikki harakat bilan jarima maydonchasi ichiga kirib bo'lgan Odilni to'p bilan taminlaydi va gol!




Aynan shu musobaqa Ahmedovning taqdirini o'zgartirib yuborgan edi


Geynrix esa "yorvorgan" edi. Maydon markazida Kapadzedan to'pni qabul qilib olgan Ahmedov ikki qadam tashlab uni Geynrixga oshiradi. CHamasi 25 metrlardan Geynrix juda kuchli, "podushka" uslubida zarba bilan Yan Ji darvozasini ishg'ol qiladi. Yil yakunida mazkur gol Osiyoda "Yilning eng yaxshi goli" nominaciyasiga qo'yiladi. 




Sanjar Tursunovni esa o'zimiz uchun kashf qilgan edik


2:2 bo'lishiga sabab bo'lgan xitoyliklarning goli ham shedevr bo'ldi. Naqd darvozaning "to'qqizligi" nishonga oligandi, bo'lib ham jarima zarbasidan.

Keling, mana shu o'yindagi gollarni tomosha qilsak.




Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика