Ronalduning qo'shnilari uning dang'illama uyi qurilishini tanqid qilishdi
01 iyu 2023 10:48
Yangiliklar
Ronalduning qo'shnilari uning dang'illama uyi qurilishini tanqid qilishdi
Krishtianu Portugaliyada hamma uchun ham afsona emas.
Krishtianu Ronaldu qo'shnilaridan biri Portugaliyaning Kashkaysh shahri chekkasida futbolchining uyi qurilishi bilan bog'liq vaziyatni tasvirlab berdi.
"Hali kamida bir yillik ish bor. Biz charchadik. Qurilish ishlari mana uch yildan beri davom etmoqda. Uy shunchalik kattaki, kasalxonaga o'xshaydi. Ko'chamiz bir necha oydan beri yopiq, bog'im changga to'lgan. Hammasi firavn Ronalduning "piramidasi" tufayli", – dedi u.
Malumki, Krishtianu Ronalduning dang'illama hovlisi dastlab 2023 yilning iyuliga qadar qurib bitkazilishi kerak edi, biroq muddat keyinga surildi. Qurilish narxi 21 million evrodan 25 million evroga oshdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar