Ronalduning agenti "CHelsi" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
29 avg 2022 13:51
Yangiliklar
Ronalduning agenti "CHelsi" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh yana "CHelsi" bilan transfer bo'yicha muloqotlarga kirishdi.
37 yoshli o'yinchining agenti London klubidan poziciyasi o'zgarganmi yoki yo'q, shuni so'radi. U Ronalduni CHempionlar Ligasida o'ynaydigan klubga o'tkazmoqchi.
Qayd etish kerakki, hujumchi transfer oynasi boshida "ko'klar"ga taklif etilgan, ammo jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel bitimga qiziqish bildirmagandi, hozir ham uning poziciyasi o'zgarmagan.
Portugaliyalik joriy mavsum MYU safida APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi. Ronalduning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar