Ronalduga yana bir xaridor chiqdi. Ular 400 mln. evro to'lashga tayyor
18 jan 2018 13:25
Yangiliklar
Ronalduga yana bir xaridor chiqdi. Ular 400 mln. evro to'lashga tayyor
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi portugaliyalik forvardga qiziqish bildirmoqda. Ayni damda Ronaldu va klub o'rtasidagi yomon kayfiyatdan foydalanmoqchi bo'lgan xitoyliklar hujumchi uchun 400 mln. evro to'lashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 1 mlrd. evro.
Oldinroq, "Real" portugaliyalikni sotishga tayyor ekanligi haqida malumotlar paydo bo'lgan edi. Forvard kamida 40 mln. evro maosh olmoqchi. Uning maoshi Messi va Neymarnikidan kam va futbolchi bundan xafa.
Fikrlar