So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

Ronalduga havas qilib, Messiga o'xshab gol uradigan Aziz Turg'unboev 25 yoshga to'ldi Yangiliklar

Ronalduga havas qilib, Messiga o'xshab gol uradigan Aziz Turg'unboev 25 yoshga to'ldi

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan keng futbol jamoatchiligi vakillarini hayotlaridagi unutilmas sana bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi, "Navbahor" jamoasining to'laqonli yarim himoyachisi Aziz Turg'unboev o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Ikki klub o'rtasida rosa talash bo'lib, oxiri olti oylik majburiy tatilga mahkum qilingan futbolchi bugun 25 yoshga to'ldi. 

Yodingizda bo'lsa, "Navbahor" futbolchisi qishki transfer oynasi paytida bir vaqtning o'zida ikki klub - "Navbahor" va "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagani aniqlangan, buning natijasida O'FA Turg'unboevni 6 oy muddatga futboldan diskvalifikaciya qilgandi. SHu yilning 9 iyul sanasiga qadar futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan chetda bo'lgan bugungi qahramonimiz yana katta futbolga qaytdiyu, lekin baribir yarim yillik futbolsiz hayot uning o'yiniga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Ikki klubning xatosi tufayli o'tgan mavsum kashfiyotiga aylangan futbolchining faoliyati izdan chiqdi. 

Mayli, bo'lar ish bo'lib o'tdi. Muhimi, bu kabi g'alati ishlar endi boshqa futbolchilarimiz bilan takrorlanmasin. Aziz Turg'unboev bu mavsum bo'lmasa, keyingilarida albatta yana o'z so'zini aytadi. Yarim himoyachi yana avvalgidek gollar ura boshlaydi, jamoasini g'alabalar sari etaklaydi. 

Tashqi ko'rinishidan Ronalduga o'xshab ketadigan Turg'unboev aynan Krishtianuga muxlislik qiladi. Lekin chapaqay bo'lgani uchunmi, harakatlari, jarima zarbalaridan kiritayotgan gollari portugaliyalik yulduzdan ko'ra Lionel Messiga o'xshaydi. Uning keyingi faoliyati ham dunyo futboli yulduzlarinikidek bo'lib qolsin. Biz "Navbahor" klubi tarbiyalanuvchisiga nomlari tilga olingan futbolchilarning yo'lini tilaymiz va bugungi tavallud ayyom muborak bo'lsin, deya niyat bildiramiz. Bu tilaklarga "Navbahor" jamoasining ko'p ming sonli fidoiy muxlislari ham qo'shilishadi degan umiddamiz. 

Darvoqe, bugun "Navbahor" Superliganing 21-turini o'z maydonida Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'tkazadi. Azizbekka o'z tug'ilgan kunida darvozani ishg'ol qilib, jamoasiga g'alabani tortiq etish nasib qilsin. Har qanday holatda ham mezbonlar tomonidan raqib darvozasi ishg'ol qilinsa, u albatta Turg'unboevga bag'ishlanadi va nishonlanadi. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика