So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Ronaldu qanday ovqatlanadi: Krishtianu har kuni eydigan uchta mahsulotni aniqlashdi Yangiliklar

Ronaldu qanday ovqatlanadi: Krishtianu har kuni eydigan uchta mahsulotni aniqlashdi

Buni portugaliyalikning sobiq jamoadoshi aytdi. Yozib oling.

Hech kimga sir emaski, Krishtianu Ronaldu to'g'ri ovqatlanadi. Balki, shu sababdan u hattoki 37 yoshida ham dunyodagi eng yaxshi jismoniy holatdagi o'yinchilardandir.

"Yuventus"ning yosh o'yinchisi Dauda Peeters Ronaldu har kuni eydigan ovqatlar haqida gapirdi.

Peetersdan AS uchun intervyu paytida portugaliyalik va uning dietasi haqida so'rashdi: "U har doim bir xil narsani eydi. Brokkoli, tovuq va guruch. Litrlab suv va albatta, koka-kolasiz.

Krishtianu har doim va hamma joyda g'olib bo'lishni istaydi. Bir kuni sportzalga bordim va albatta, u erda Krishtianu bor edi.

Hayron qolgandim. Krishtianuda futbolchi uchun ideal tana bor. Mening ham mushaklarim yomon bo'lmasa ham, o'shanda hali ko'p ish qilishim kerak deb o'yladim. Ammo, u buni bir necha yillardan buyon muntazam ravishda qilmoqda.



Ronalduning kuniga olti mahalgacha ovqatlanishi, shuningdek barcha gazlangan ichimliklardan, shuningdek alkogoldan saqlanishi malum.



"Yaxshi mashg'ulot yaxshi dieta bilan uyg'unlashishi kerak. Men katta miqdordagi to'liq donli uglevodlar, meva va sabzavotlardan iborat yuqori oqsilli dietaga amal qilaman va shirinliklardan saqlanaman.

"Tez-tez ovqatlaning. Agar siz muntazam ravishda mashq qilsangiz, yaxshi ishlash uchun o'z tanangizni yuqori darajadagi energiya bilan taminlab turish muhimdir.

Bazan har bir mashg'ulotni eng yuqori darajada bajarish uchun etarli energiyaga ega ekanligimga ishonch hosil qilish uchun kuniga olti martagacha kamroq narsa eyman", – degan Krishtianu intervyularidan birida.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика