Ronaldu PSJga qarshi bahsdagi penaltisini qoidani buzib tepgan ekan (FOTO+VIDEO)
16 fev 2018 13:12
Yangiliklar
Ronaldu PSJga qarshi bahsdagi penaltisini qoidani buzib tepgan ekan (FOTO+VIDEO)
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu PSJga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final ilk bahsida (3:1) penaltini qoidani buzib tepgan bo'lishi mumkin.
BT Sport telekanali ekspertlari Gari Lineker va Rio Ferdinand uchrashuvni tahlil qilayotib bu fikrni bildirishdi.
Ularning so'zlariga ko'ra, Ronaldu penalti tepishidan oldin, atayin chap tayanch oyog'i bilan chimni siljitishga harakat qilgan, to'p esa bunda biroz havoga ko'tariladi. Natijada zarba havodagi to'pga berildi va bu qoidalarga zid. 11 metrlik zarba qaytadan tepilishi kerak edi.
"Ronaldu bu ishni mashg'ulotlar paytida bajarar edi. U bu harakatni PSJga qarshi o'yinda bajardi deb tasdiqlay olmayman, ammo u MYU mashg'ulotlarida mana shunday zarba berishni o'rgangan, ont ichaman" - deydi Ferdinand.
"Agar u bu ishni aytayin qilgan bo'lsa - u aniq o'zgacha inson" - deya fikr bildirdi Lineker.
TAS-IX emas
Fikrlar