Ronaldu ketma-ket 5 ta o'yindan beri gol urolmayapti
29 iyu 2023 14:50
Yangiliklar
Ronaldu ketma-ket 5 ta o'yindan beri gol urolmayapti
Ronaldu "Al Nassr"ning Arab chempionlari kubogi doirasidagi "Al SHabab"ga qarshi o'yinida zaxiradan maydonga tushdi.
38 yoshli Krishtianu Ronaldu o'yinni zaxira o'rindig'ida boshladi.
"Al Nassr"ning portugaliyalik forvardi 62-daqiqada maydonga tushdi va samarali harakat qayd eta olmadi. U ketma-ket 5 ta o'yindan beri gol urolmayapti.
Klublar o'rtasidagi Arab chempionlari kubogi Saudiya Arabistonining uch shahrida o'tkazilmoqda.
Turnirda 16 ta klub, jumladan Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA, Qatar, Misr, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash va Iroq vakillari ishtirok etmoqda.
Jamoalar 4 ta guruhga bo'lingan, 8 ta eng yaxshi jamoa pley-offda kurashni davom ettiradi. Turnir g'olibi 6 million dollar miqdorida mukofot oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar