Ronaldu: "Hali masala hal bo'lgani yo'q, "Real" PSJ maydonida gol urishi kerak"
15 fev 2018 12:17
Yangiliklar
Ronaldu: "Hali masala hal bo'lgani yo'q, "Real" PSJ maydonida gol urishi kerak"
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu PSJga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi (3:1) haqida fikr bildirdi.
"Real" muhim g'alabaga erishdi. O'yinni yomon boshlamadik, biroq gol o'tkazib yubordik. Ammo bu CHempionlar ligasi va "Real"da tajriba bor. Biz o'z maydonimizda munosib futbol ko'rsatishni istadik. "Real" javob o'yinidan oldin yaxshi ustunlikka ega bo'ldi. PSJ xavfli jamoa ekanligini bilardik. Ularni to'pdan ayirish uchun pressing uyushtirdik. Gol ursang va jamoang g'alabaga erishsa, o'zgacha hislar paydo bo'ladi. Biroq chorak final masalasi hal bo'lgani yo'q, "Real" Parijda PSJni mag'lub etishi kerak. O'zimizni xotirjam his qilish uchun raqib maydonida gol urishimiz kerak" - deydi Ronaldu.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 6 mart kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar