Ronaldu "Al Nassr"dan ketganidan keyin "Sporting"ga qaytishi mumkin
27 may 12:29
Yangiliklar
Ronaldu "Al Nassr"dan ketganidan keyin "Sporting"ga qaytishi mumkin
Ispan OAVning xabar berishicha, futbol tarixidagi eng yaxshi to'purar Krishtianu Ronaldu yaqin orada klubini o'zgartiradi.
Qayd etilishicha, Ronaldu "Al Nassr" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Hozir portugaliyalik futbolchi o'z atrofidagilar bilan professional faoliyatini boshlagan Lissabonning "Sporting" klubiga qaytish imkoniyatini jiddiy o'ylab ko'rmoqda.
Qizig'i shundaki, "Sporting"da yozda hujumchi o'rni bo'shaydi – yulduz hujumchi Viktor Gyokeresh jamoani tark etishi mumkin. Shunday ekan, Ronaldu shveciyalik hujumchining o'rnini egallaydi.
Krishtianu Ronaldu "Sporting" akademiyasining tarbiyalanuvchisi bo'lib, u erdan 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar