Ronaldo: "Vinisius terma jamoada "Real"dagi kabi o'yin ko'rsata olmayapti"
15 fev 16:27
Yangiliklar
Ronaldo: "Vinisius terma jamoada "Real"dagi kabi o'yin ko'rsata olmayapti"
Ronaldo Nazarioning fikricha, Braziliya terma jamoasi Neymar va Vinisius atrofida o'yin qurishi kerak.
"Neymar - jamoa tayanchi. Vinisius ham muhim futbolchi hisoblanadi. Bizda ikki nafar ajoyib futbolchilar mavjud. Shundan kelib chiqib, jamoa ularga o'ynashi kerak.
Neymar - yoshlarni ilhomlantiradigan, qo'pol o'yindan qo'rqmay fintlar amalga oshiradigan shaxs. U maydonga yaxshi formada qaytadi degan umiddaman, chunki u yaxshi holatda bo'lsa, terma jamoa o'z yo'lini topa oladi.
Vinisius "Real"da hayratlanarli ishlarni amalga oshirmoqda, biroq terma jamoada huddi shu darajani takrorlay olmayapti. Foydalilikdagi farq ko'proq bosh murabbiy Dorival Juniorga bog'liq, chunki aynan u futbolchilar uchun sxemalar tanlaydi" - dedi Ronaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar