“Roma” Nzonzi transferini e'lon qildi

“Sevilya” yarim himoyachisi Stiven Nzonzi faoliyatini “Roma”da davom ettiradi.

Rim klubi 29 yoshli yarim himoyachi bilan to'rt yillik shartnomaga imzo chekdi.

Francuz futbolchisi rimliklarga 26,6 million evroga tushdi. Yana 4 million evro bonuslar sifatida to'lanishi mumkin.

JCH-2018da Fransiya termasi safida jahon chempionligiga erishgan futbolchi “Roma”da 42-raqamda to'p tepadi.


Manba: "Рома" клуби расмий сайти