A Seriya. Chempionlik uchun kurashayotgan "Inter" va "Napoli" so'nggi tur oldidan durang o'ynadi, "Roma" va "Yuventus"da g'alaba
19 may 01:54
Yangiliklar
A Seriya. Chempionlik uchun kurashayotgan "Inter" va "Napoli" so'nggi tur oldidan durang o'ynadi, "Roma" va "Yuventus"da g'alaba
Rimdagi o'yinda 3-daqiqadayoq Janluka Manchini gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada "Milan" o'yinchisi Santyago Ximenes qo'pol harakati sabab maydondan chetlatildi, ammo shunga qaramay taym so'nggida Joau Feliks hisobni tenglashtirdi. 58-daqiqada Leandro Paredes jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etdi va darvozani ishg'ol qildi. 87-daqiqaga kelib Brayan Kristante o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi.
Butun o'yin davomida faol harakat qilgan Eldor Shomurodov 84-daqiqada zaxiraga olindi.
"Napoli" mehmonda "Parma"ni mag'lub eta olmadi. Neapolliklarning baxtiga "Inter" o'z o'yinida zafar qucha olmadi.
"Yuventus" esa muhim o'yinda Nikolas Gonsales (61-daqiqa) va Dushan Vlaxovich (88)ning gollari evaziga uch ochkoga ega chiqdi.
"Inter" "Napoli"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmadi. Milanliklar 90-daqiqada Pedroning penaltidan urgan goli tufayli g'alabadan quruq qolishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar