"Roma" 1 futbolchi sotib olib, ikki nafarini sotib yubordi
01 sen 2022 00:12
Yangiliklar
"Roma" 1 futbolchi sotib olib, ikki nafarini sotib yubordi
"Roma" matbuot xizmati "Olimpiakos" yarim himoyachisi Madi Kamaraning sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olinganini malum qildi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, A Seriya klubi futbolchining ijarasi uchun 1,5 mln evro, transferi uchun esa 11,5 mln evro to'laydi. Gvineyalik futbolchi yangi klubida yiliga 1,2 million evro, sotib olinganidan keyin esa 1,7 mln evro maosh oladi.
SHuningdek, "Roma" futbolchisi Amadu Diavara "Anderlext"ga o'tdi. Uning transferidan klub 3 mln evro ishlab oldi, shuningdek, uning keyingi sotuvidan 50 foiz mablag'ni qo'lga kiritish huquqini saqlab qoldi.
Undan tashqari, "Roma" himoyachisi Rikkardo Kalafori "Bazel"ga transfer qilindi. "Roma"ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi uchun SHveycariya klubi 1,5 million evro to'laydi, shuningdek, uning keyingi sotuvidan 40 foiz mablag'ni o'tkazib beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar