So’nggi yangiliklar

12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2

Rodolfo Arrubarena: “G'aniev yaxshi futbolchi, lekin...” Yangiliklar

Rodolfo Arrubarena: “G'aniev yaxshi futbolchi, lekin...”

OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “SHabab Al Ahli” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmon ishtirok etishdi.

Bosh murabbiy Rodolfo Arrubarenaga futbolchi Majid Hassan hamrohlik qildi. 

“Bo'lajak o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqib OCHLda qanday o'ynashni juda yaxshi biladi. Tarkibida O'zbekiston terma jamoasining ko'plab futbolchilari bor. O'tgan mavsum “Paxtakor” O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'lganidan xabardormiz. “Al Vasl”da ishlaganimda “Nasaf”ga qarshi o'ynagandik, o'shanda “Nasaf” safida harakat qilgan bazi futbolchilar bugungi kunda “Paxtakor” ekanini ko'rdim. Ertaga chiroyli o'yin namoyish etib g'alaba qozonishga harakat qilamiz”, - deydi Rodolfo Arrubarena. 

“Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Juda keskin bahs bo'lishini kutyapman. Barcha yigitlar uchrashuvga tayyor. O'yinda eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etib, uch ochko olishni rejalashtiryapmiz”, - deydi Majid Hassan. 

- O'zbekistonda mavsum boshlanmagan, raqibni o'rganishda qiyinchiliklar bo'lmadimi?
- “Paxtakor” 3-4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Bundan xabardormiz. Bu jamoaning o'yin falsafasi keskin o'zgarib ketgan deb o'ylamayman. CHap qanotdan hujumga o'tishlari, o'ng qanotdan hujum tempini oshirishlari...Raqib haqda ko'p narsa bilsang ham o'yin davomida bu as qotmasligi mumkin. Ertaga stadionga ko'proq muxlislar kelishini kutyapman. SHuningdek, ob havo yaxshi bo'lishini istardim. 

- Siz “Al Vasl” ustozi bo'lganingizda “Nasaf”ga qarshi ikki marta o'yin o'tkazib ikkalasida yutqazgansiz. Siz boshqargan jamoalar OCHLda hech qanday natijalarga erisha olmagan.
- Ikkala o'yinda ham yosh futbolchilarni maydonga tushirganmiz. Sababi BAA chempionatida o'z maqsadlarimiz bor edi. Siz aytgan statistika to'g'ri, lekin bu o'yinga tasir qiladi deb o'ylamayman. Bu yil maydonga tushish, g'alaba qozonish va ochko olsak guruhdan chiqish. Har bir klub yangi mavsum va yangi musobaqa oldidan o'z oldiga shunday maqsad qo'ysa kerak. 

- Ahmad Halil oxirgi uchta o'yinda maydonga tushmadi. Unda jarohat bormi, Toshkentga kelganmi?
- Halilda jarohat yo'q va “Paxtakor” bilan o'yinga tayyor. U Toshkentga kelgan. 

- Aziz G'aniev haqidagi fikrlaringiz.
- G'aniev juda yaxshi o'yinchi, “Nasaf”dagi va O'zbekiston terma jamoasidagi o'yinlarini ko'rganman. Jamoaga yaqinda keldi va bizning falsafamizga qo'shilib ketishiga biroz vaqt kerak bo'ladi.




Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "SHabab Al Ahli" uchrashuvi 10 fevral kuni soat 16:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. 

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика