"Rizespor" Husniddin Aliqulov uchun "Nasaf"ga qancha to'ladi?
05 avg 2023 19:49
Yangiliklar
"Rizespor" Husniddin Aliqulov uchun "Nasaf"ga qancha to'ladi?
Turkiyaning "Rizespor" klubi O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" sobiq himoyachisi Husniddin Aliqulov transferini elon qildi.
Aliqulov "yashil-ko'klar" bilan "3+1" ko'rinishidagi shartnoma tuzdi.
Narzulla Saydullaev o'z Telegram kanalida transfer qanchaga amalga oshganini elon qildi. Championat.asia bosh muharririning malumotiga ko'ra, qarshiliklar Husniddin Aliqulov transferidan 400 000 evro ishlab olgan.
Malumot o'rnida, "Rizespor" Rize shahri jamoasi bo'lib, 2020/23 yilgi mavsum Turkiya Superligasida ishtirok etadi. Uy o'yinlarini 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan Yeni Rize Şehir stadionida o'tkazadi.
Avvalroq Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaga etib borganini malum qilgan edik. Undan oldin esa saytimiz orqali uning legionerga aylanayotgani haqida birinchilardan bo'lib xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar