"River Pleyt" "Real"ning mahfiy muzokaralaridan norozi
02 noy 2018 15:10
Yangiliklar
"River Pleyt" "Real"ning mahfiy muzokaralaridan norozi
"River Pleyt" prezidenti Rodolfo D'Onofrio jamoa yarim himoyachisi Esksekiel Palasios va "Real" o'rtasida o'tkazilgan xufiyona muzokaralardan norozi.
"Buni mish-mish deb yurgandik, ammo haqiqat ekan. "Real"dek obro'li klub futbolchi bilan orqamizdan muzokara o'tkazishi "River"ga bo'lgan hurmatsizlik..
Buni kecha aytdim, bugun ham takrorlayman: Muzokaralar men uchun kutilmagan hol bo'ldi, chunki bu Di Stefano davrida paydo bo'lgan klublar o'rtasidagi tarixiy munosabatlariga mos emas" - deydi D’Onofrio.
Oldinroq, Palasiosga "Atletiko", "Milan" va "Inter" qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Fikrlar